Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 oktabr kuni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç bilan muzokara ötkazdi.

Özbekiston va Serbiya örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaş istiqbollari körib çiqildi.

Davlat rahbari Serbiya yetakçisini samimiy qutlar ekan, hamkorlik davridagi birinçi sammit tarixiy ahamiyatga ega bölişini va Özbekiston – Serbiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqişini ta’kidladi.

– Diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi nişonlanayotgan yilda rasmiy taşrifingiz tarixiy voqeadir. Özbekistonda Serbiyaga katta xayrixohlik bilan qaraşadi. Xalqlarimizni mustahkam döstlik riştalari va öxşaş mentalitet boğlab turadi, – dedi Mirziyoyev.

Muzokaralarda alohida e’tibor tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, maşinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, axborot texnologiyalari va raqamlaştiriş, agrosanoat majmui, turizm hamda köplab boşqa muhim tarmoqlarda keng kölamli kooperatsiya dasturini tayyorlaş masalalariga qaratildi.

«Markaziy Osiyo – Bolqon» yönalişida yangi transport yölaklarini, jumladan, Transkaspiy koridori doirasida rivojlantiriş muhimligi qayd etildi.

Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari suriş maqsadida kelgusi yilda Toşkent şahrida Hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişini ötkazişga kelişildi.

Tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari körib çiqildi.

Yetakçilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.