Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 1,9 mlrd dollarni tashkil etdi va mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 6,9 foizga yetdi.
Eksport tarkibi (ulush, foizda):
- tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 51 foiz;
- ip-kalava — 29 foiz;
- trikotaj mato — 11 foiz;
- gazlamalar — 6 foiz;
- paypoq mahsulotlari — 2 foiz;
- gilamlar — 1 foiz.
Bunda, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar yetakchi (51 foiz) ekani, tarmoqning xomashyodan tayyor mahsulotga tomon siljishini ko‘rsatadi.
Ip-kalava ulushi 29 foiz bo‘lib, to‘qimachilik zanjirining barcha bo‘g‘inlari eksportda ishtirok etayotganini anglatadi.
Trikotaj mato, gazlama, paypoq va gilam kabi segmentlar diversifikatsiyani qo‘llab-quvvatlamoqda.









