1X Technologies kompaniyasi insonning kundalik hayotida yordam beriş uçun yaratilgan özining birinçi şaxsiy NEO odamsimon robotini rasman taqdim etdi va oldindan buyurtmani oçdi.

Yangilik sanoatga emas, balki uyda foydalanişga möljallangan birinçi tijoratbop odamsimon robotlardan biriga aylandi.

NEO oddiy maişiy vazifalarni bajarişga qodir - narsalarni köçiriş, eşiklarni oçiş, tozalaş, narsalarni joylaştiriş va ovoz hamda örnatilgan sun’iy intellekt yordamida foydalanuvçi bilan muloqot qiliş. Robot kompyuter köriş tizimi, audio tahlil va til modeli bilan jihozlangan bölib, ular tabiiy suhbatlar olib boriş va xöjayinning odatlarini eslab qoliş imkonini beradi.

Texnik xususiyatlari: böyi: 1,68 m, oğirligi taxminan 30 kg, yuk kötariş qobiliyati 25 kg. Korpus yengil va xavfsiz materiallardan tayyorlangan. Köplab sensorlar, kameralar va karnaylar bilan jihozlangan.

NEO narxi taxminan 20 000 AQŞ dollarini taşkil etadi, şuningdek, oyiga 499 dollarlik obuna varianti ham taklif etiladi. Dastlabki ta’minot 2026 yilda AQŞ hududida, keyinroq boşqa bozorlarda amalga oşirilişi kutilmoqda.

1X Technologies (ilgari Halodi Robotics nomi bilan tanilgan) NEO robotini kelajakka qadam sifatida körsatmoqda, unda odamsimon robotlar insonning kundalik hayoti bir qismiga aylanadi, turmuşda, uyni tozalaşda va muloqotda yordam beradi.