Farğonada IIB boşliği va uning örinbosari ustidan sud işida OAVning iştiroki çeklangandi. 24 oktyabr kungi sudda tinglangan tezkor xodim Yusufbek Yoqubovning körsatmalari tergov organiga bergan guvohlik körsatuvidan keskin farq qilmoqda. Sudning “davlat siri” bahonasi bilan yopiq qilib qöyilişi uning kelgusida qonuniy va adolatli ötişiga şubha uyğotadi.
24 oktyabr kuni Furqat tumani IIB mansabdorlari ustidan navbatdagi sud majlisi bölib ötgani va unda jabrlanuvçi ayol yeçintirilgani aytilayotgan “tezkor tadbir” iştirokçisi bölgan IIB tezkor xodimi Yusufbek Yoqubov körsatmalari eşitilgani haqida ma’lum qilgandik.
Yusufbek Yoqubovning tergov davrida bergan körsatmalari bilan suddagi körsatuvi bir biridan keskin farq qilmoqda. Quyida uning 24 oktyabr kuni sud majlisida aytgan va Kun.uz muxbiri yozib olgan körsatmasini keltiramiz:
“2025 yil 17 aprel kuni tuman soliq inspeksiyasi boşliği xizmat xonasiga maktab öquvçisini olib kirib ketdi, degan xabar kelib tuşdi. Bu xabarni röyxatdan ötkazmaganman. Tezkorlik bilan öşa yerga bordik. Biz hovliga eşikdan kirdik, devordan sakrab ötmaganmiz. Eşikdan kirgan zahoti 2-qavatga kötarildik. 2-qavatda soliq boşliği va maktab direktorini qip-yalanğoç holatda kördik. Bizga xabar bergan şaxs xizmat uyiga maktab formasidagi yoş qiz kirib ketdi degandi. Kördikki, u yerda maktab öquvçisi emas, maktab direktori ekan. Şundan keyin boşliq örinbosari Jasur Rasulov bizga hammasi joyida, pastga tuşaveringlar, dedi”.
Endi Yusufbek Yoqubovning tergov davrida bergan körsatmasiga e’tibor qaratamiz:
“...2025 yil 17 aprel kuni Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği Qurbonali Abdurahmonovning xizmat uyida Furqat tuman IIB xodimlari Jasur Rasulov, Ğayrat Otaqulov, Tohir Başirov, Sohib Nazarov, Aziz Mamajonov, A’zam Hamidjonov iştirokida ötkazilgan keçiktirib bölmaydigan holdagi tezkor-qidiruv tadbirini ötkaziş uçun asos bölgan ma’lumotni Jasur Rasulovga ham, boşqa şaxslarga ham bermaganman. Menda davlat soliq inspeksiyasi boşliği Qurbonali Abdurahmonov xizmat uyiga biron bir şaxsni, jumladan, voyaga yetmagan ayol kişini yoxud qizni olib kirib ketgani böyiça biron bir ma’lumot va xabar bölmagan.
2025 yil 17 aprel kuni soat taxminan 15:30 larda hamkasbim Tohir Başirov bilan birga Furqat tumani Tomoşa qişloğida çet el valutasini noqonuniy almaştiriş holati yuzasidan amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan tezkor tadbirni ötkaziş jarayonida turganimizda Tohir Başirovning telefoniga katta tezkor vakil Ğayrat Otaqulov qönğiroq qildi. Tohir Başirov telefonni öçirganidan söng Ğayrat Otaqulov unga tuman markaziga tezda yetib kelişimizni, boşqa tezkor-qidiruv tadbiri borligini aytganini gapirdi. Mening boşqaruvimda bölgan, davlat raqami 40 M 831 SA belgili Nexia-2 maşinamda Tohir Başirov bilan birga tuman markaziga yetib keldik.
Şundan söng Tohir Başirov Ğayrat Otaqulovga qönğiroq qilganida u bizga tuman prokuraturasi oldiga yetib kelişimizni aytganini tuşuntirdi. Şu sababli biz boşqaruvimdagi maşinamda tuman markazidan tuman prokuraturasi tomonga qarab harakatlanib bordik. Tuman prokuraturasi oldiga yetib kelganimizdan söng Tohir Başirovga Ğayrat Otaqulovga qönğiroq qilib, aniq manzilni sörang-çi, qayerga borişimizni aytsin, dedim. Keyin Tohir Başirov takroran Ğayrat Otaqulovga qönğiroq qildi va qayerga borişimiz kerakligini söradi. Şunda Ğayrat Otaqulov tuman IIB boşliğiga biriktirilgan xizmat uyi oldiga kelişimizni tuşuntirdi. Şunga köra biz uşbu yönaliş böyiça harakatlanib bordik.
Soat taxminan 15:45 larda sektor rahbarlarining xizmat uylari joylaşgan manzilga yetib keldik. U yerga yetib borganimizda tuman IIB boşliğining birinçi örinbosari Jasur Rasulov davlat raqami 40 850 ZBA belgili, oq rangli Nexia-2 avtomaşinasida turgan ekan. Ğayrat Otaqulov, Sohib Nazarov, profilaktika inspektori Aziz Mamajonov, A’zam Hamidjonov, voyaga yetmaganlar bilan işlaş guruhi inspektori Elbek Muhammadjonov xizmat uylari oldida turişganini kördik. Ğayrat Otaqulovning oldiga yetib borib, undan nima bölganini söraganimizda, tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliğining xizmat uyida qandaydir noqonuniy holat bölmoqda ekan, şu sababli xizmat uyiga kirib, u yerdagi holatni aniqlaştiriş kerak, dedi. Şunda Tohir Başirov undan biron bir asosimiz bormi, deb söraganida, Ğayrat Otaqulov men bilmayman, meni ham çaqirişdi, içkaridagi holatdan xabarim yöq, tezroq u yerga kirib, nima bölayotganini aniqlaş kerak ekan, deb gapirdi. Va gapiga qöşimça qilib, qimor bölyaptimi yoki 3-4 tasi dori çekib ötiribdimikan, xullas aniqlaştiriş kerak ekan, dedi.
Keyin barçamiz Jasur Rasulovning xizmat maşinasi oldiga yetib bordik. Ğayrat Otaqulov birinçi örinbosar Jasur Rasulovga barça xodimlar yetib keldi, deb aytdi. Söng Jasur Rasulov tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliğining xizmat uyi eşigini köringlar-çi, oçiqmikan, içkaridagi vaziyatni, holatni bilinglar-çi, dedi. Şunda A’zam Hamidjonov tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliğining xizmat uyi eşigi oçiqligini aytdi.
Biz uşbu xizmat uyi oldiga yetib kelib, birin-ketin içkariga kirişni boşladik. Dastlab Sohib Nazarov, undan söng Tohir Başirov, söngra men va mendan keyin Ğayrat Otaqulov, undan söng esa profilaktika inspektorlari A’zam Hamidjonov va Aziz Mamajonov kirib kelişgan. Tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği Qurbonali Abdurahmonovning xizmat uyiga kirib borganimizda 1-qavatda heç kim bölmagan, 2-qavatdan ayol va erkak kişining ovozi eşitilayotgani sababli barçamiz zina orqali 2-qavatga kötarilganmiz. Zinadan kötarilib, töğridagi xona eşigi oldiga yetib kelib, eşikni oçganimizda Qurbonali Abdurahmonov yalanğoç holatda eşik oldida turgan edi. Xonadagi divanda keyinçalik bilişimça 29-maktab direktori Gulira’no Qosimova ham yalanğoç holatda yotgan edi.
Gulira’no Qosimova bizlarni körib, darhol ustiga qizil rangli çoyşabni taşlab, divan va devor orasidagi joyga yarim ötirgan holda turib oldi va baland ovozda kimsanlar, deb baqirib yubordi. Uning baqirganini eşitgan Jasur Rasulov va Ğayrat Otaqulov ham bizning oldimizga çiqib kelişdi va bölgan holatni körib, Qurbonali Abdurahmonov va Gulira’no Qosimovaga ustingizga biron nima kiyib olinglar, özingizni bosing, deb aytdi. Men uşbu holatni özimga tegişli bölgan Samsung A33 rusumli telefon apparatimga videotasvirga olganman. Biroq uşbu videotasvirlarni 2025 yil 17 aprel kuni birinçi örinbosar Jasur Rasulovga Telegram orqali taşlab berganimdan söng özimdan öçirib yuborganman. Şuningdek, uşbu telefon apparatimni ham hozirga qadar sotib yuborganman”.
Yusufbek Yoqubovning tergovda bergan körsatmalarining eng muhim jihatlariga töxtalsak:
- “menda davlat soliq inspeksiyasi boşliği Qurbonali Abdurahmonov xizmat uyiga biron bir şaxsni, jumladan, voyaga yetmagan ayol kişini yoxud qizni olib kirib ketgani böyiça biron bir ma’lumot va xabar bölmagan;
- “tumanning Tomoşa qişloğida çet el valutasini noqonuniy almaştiriş holati yuzasidan amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan tezkor tadbirni ötkaziş jarayonida turganimizda Tohir Başirovning telefoniga katta tezkor vakil Ğayrat Otaqulov qönğiroq qildi. Tohir Başirov telefonni öçirganidan söng Ğayrat Otaqulov unga tuman markaziga tezda yetib kelişimizni, boşqa tezkor-qidiruv tadbiri borligini aytganini gapirdi”;
- “Ğayrat Otaqulovning oldiga yetib borib, undan nima bölganini söraganimizda, tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliğining xizmat uyida qandaydir noqonuniy holat bölmoqda ekan, şu sababli xizmat uyiga kirib, u yerdagi holatni aniqlaştiriş kerak, dedi”;
- “biron bir asosimiz bormi, deb söraganida, Ğayrat Otaqulov men bilmayman, meni ham çaqirişdi, içkaridagi holatdan xabarim yöq, tezroq u yerga kirib, nima bölayotganini aniqlaş kerak ekan, deb gapirdi”.
Bundan taşqari, tezkor xodimi Yusufbek Yoqubovning suddagi “Bizga xabar bergan şaxs xizmat uyiga maktab formasidagi yoş qiz kirib ketdi degandi”, degan körsatmasi holat böyiça Furqat tuman IIBda “102” xabari böyiça rasmiylaştirilgan hujjatga ham teskari. Uşbu hujjatda “şaxsini sir saqlagan fuqaro Furqat tumani DSI xodimi Furqat tumani “Çirkay” MFY Mustaqillik köçasida joylaşgan kottej uylarning biriga bir ayolni jinsiy aloqa qiliş uçun olib kirib ketgani” qayd qilingan. Ya’ni xabar beruvçi (Gulira’no Qosimova işning bu qismi ham uyuştirilganini aytgandi) dökondor “maktab formasidagi yoş qiz” emas, “bir ayol” haqida gapirgan.


Suddagi körsatuvlar tergovdagisi bilan soliştirilsa, IIB xodimlari asl vaziyatni yaşirişga, imkon qadar soliq idorasi rahbari hamda Gulira’no Qosimova manziliga “loy çaplaş”ga, eng muhimi bu orqali sudni çalğitişga harakat qilayotganini tuşuniş qiyin emas.
Oçiq sudning OAV vakillari (oçiq sud majlisida ommaviy axborot vositalaridan faqat Kun.uz muxbiri iştirok etmoqda) uçun yopib qöyilişi, boz ustiga sud raisining jabrlanuvçi Gulira’no Qosimovadan sud majlisidagi gaplarni uçinçi şaxslarga tarqatmaslik böyiça tilxat olişi bundan keyingi sud jarayonlarining adolatli va qonuniy ötişiga soya solmay qöymaydi.
Yodingizda bölsa, holat jamoatçilikka oşkor bölgaç, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi qonunbuzilişi holatining har qanday körinişiga murosasiz ekanini bildirgan va mazkur holatni nazoratga olgandi. Senatning Xotin-qizlar masalalari qömitasida doimiy asosda işlovçi senator Malika Qodirxonova ham masaladan çetda emasligini bildirgan, tergov va sud jarayonlari oçiq va xolis bölişi, jabr körgan ayolning huquqlari töliq tiklanişi zarurligini aytgandi.
Oliy sud JIB Quva tumani sudi raisi Avazbek Rahimovning mazkur işda OAV (Kun.uz muxbiri) iştirokini çeklaş töğrisidagi ajrimining xolisligini örganib qöysa, zarar qilmasdi.
Har holda “qarğa qarğaning közini çöqimaydi” degan gap bor…
Mavzuga oid:
Ruslan Saburov,
Kun.uz











