Afğoniston tomoni Özbekistondan yetkazib berilgan elektr energiyasi uçun tölov böyiça öz majburiyatlarini töliq bajaryapti va ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş rejalaştirilgan. Bu haqda 28 oktyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov aytib ötdi.

«Afğoniston bilan hamkorlik qanaqa yaxşi ketyapti, rivojlanyapti. Men oxirgi ikki oy içida uç marta bordim. Tinç, xudoga şukur. Ularning özida ham rivojlanişga, umuman iqtisodiyotini rivojlantirişga harakatlar bor. Bu energiya resursisiz bölmaydi.

Afğoniston yetkazib berilgan elektr energiyasi uçun tölov böyiça öz majburiyatlarini töliq bajaryapti. Oldingi hukumatning qarzlarini ham hozirgi hukumat kelgandan keyin töliq yopdi. Mana kompaniyamiz rahbari aytsin: Afğoniston tomonidan iste’mol qilingan, biz yetkazib bergan elektroenergiya uçun tölov böyiça umuman keçikiş ham, boşqasi ham yöq», - dedi vazir.

Şuningdek, Mirzamahmudov «Puli-Xumri» elektr uzatiş liniyasini quriş loyihasi boşlaganini ham ma’lum qildi.

«Hozir hamkorlikni yanada kengaytiryapmiz. Biz Surxondaryogaça tarmoqlarni tortib, liniyalarni kengaytirganmiz, podstansiyani kengaytirganmiz. Hozir öşa «Puli-Xumri» degan yangi 500 kVlik liniya bor. Şu böyiça sentabrda şartnomani imzoladik, hozir işlarni boşladik. 18 oy içida işlarni yakunlaşga kelişib oldik. Loyiha tugaganidan keyin Afğonistonga elektroenergiya eksportimiz bir neça karraga oşişi kutilyapti», - deya qöşimça qildi energetika vaziri.