Köksaroy qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar iştirokida muzokara ötkazdilar.

Özbekiston bilan Finlandiya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada mustahkamlaş istiqbollari atrofliça körib çiqildi.

Turli darajalardagi siyosiy muloqot va almaşinuvlar jadal rivojlanib borayotgani, biznesga oid şeriklik faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

«Özaro savdo hajmi izçil ortib, iqtisodiy va işbilarmonlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Mamlakatimizda Finlandiya bilan hamkorlikda Xalqaro Nordik universiteti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, maktab ta’limi sohasidagi dasturlar amalga oşirilmoqda.

Bugun ötgan Özbekiston – Finlandiya biznes forumining yakunida umumiy qiymati 1 milliard yevrodan ziyod istiqbolli qöşma loyihalar portfeli şakllantirildi.

Muzokaralarda tovar ayirboşlaşni karrasiga oşiriş, şu jumladan, özaro mahsulot yetkazib berişni rağbatlantiriş uçun Savdoni moliyalaştiriş qöşma jamğarmasini taşkil etiş imkoniyatlari ham körib çiqildi.

Özbekiston qişloq xöjaligi va töqimaçilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozorlariga olib çiqiş uçun sertifikatlaş laboratoriyalarini oçiş taşabbuslari qöllab-quvvatlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Geologiya va muhim materiallar, energetika, agrosanoat, raqamlaştiriş, sun’iy intellekt, ekologiya, turizm va boşqa muhim tarmoqlarda kooperatsiyani kengaytirişga ustuvor ahamiyat qaratildi.

2026 yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişini ötkaziş va Işbilarmonlar kengaşini ta’sis etiş yuzasidan kelişuvlarga erişildi. Hududlararo hamkorlikni kengaytirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Ta’lim, tibbiyot hamda mehnat migratsiyasi sohalaridagi hamkorlik masalalari ham körib çiqildi. Kelgusi yilda birinçi Rektorlar va innovatsiyalar forumini ötkaziş rejalaştirilgan.