2025 yilning töqqiz oyida 600 mingdan ortiq migrant ijtimoiy-madaniy moslaşuv kursidan ötdi, dedi Rossiya Milliy işlar böyiça federal agentlik (FADN) rahbari Igor Barinov. Uning sözlariga köra, moslaştiriş markazlariga kurslarni tamomlagan 55 ming nafar çet el fuqarosi kelgan.
«Mana, hududlardan bu iş haqida şunday ijobiy fikrlar kelmoqda - ular natijani körmoqda. Bu çet el fuqarolarining deviant xulq-atvorini kamaytirişga, oldini olişga qaratilgan ma’rifiy işdir», dedi Barinov «Rossiya xalqlari» Butunrossiya forumi yiğilişida.
FADN rahbari, şuningdek, moslaşuv dasturi migrantlarning «asosiy ommasi» foydasiga işlayotganini, biroq u «terrorçilar yoki Rossiyaga jinoiy maqsadlarda kelgan odamlarni qayta tarbiyalaşi» dargumonligini aytdi.
FADN moslaşuv kursini işlab çiqqani haqida 2024 yil iyul oyida xabar bergan edi. U 70 daqiqalik ma’ruza bölib, xorijliklarga Rossiyaning migratsiya va mehnat qonunçiligi qoidalari, şuningdek, mamlakat va muayyan hududlardagi xulq-atvor qoidalari haqida ma’lumot beradi. 15 iyul kuni agentlik rahbari örinbosari Stanislav Bedkin kurs Rossiyaning törtta mintaqasida, şu jumladan Moskva viloyatida muvaffaqiyatli sinovdan ötganini ma’lum qildi.











