Qarorga muvofiq, uşbu xalqaro şartnoma investorlar huquqlarini muhofaza qiliş, sarmoyalarning qonuniy kafolatlarini kuçaytiriş, nizolarni hal etiş mexanizmlarini belgilaş va ikki mamlakat örtasidagi sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bitim ijrosi uçun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari şartnoma kuçga kirgandan söng uning qoidalari töliq va öz vaqtida bajarilişi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Bitim xalqaro-huquqiy tartib-qoidalarga muvofiq kuçga kiradi, texnik tartibotlar, ratifikatsiya hujjatlarini almaşiş va amaliy yöl xaritasi yuzasidan qöşimça rasmiy ma’lumotlar taqdim etilgan sari jamoatçilikka e’lon qilinadi.