Yaponiyaning Melt Interface kompaniyasi yangi Melt Mouse sensorli siçqonçasini namoyiş etdi. Yangi qurilma dizayn va qulaylik jihatidan Apple Magic Mouse’dan ança ustun hisoblanadi.

Melt Mouse’ning eng katta afzalligi — u zaryad olayotganda ham işlaydi, ya’ni endi uni “teskari qilib qöyiş” şart emas. Siçqonça mat sensor panelga ega bölib, u barmoq izlarini qoldirmaydi va suyuq harakatni ta’minlaydi. An’anaviy “çert” tovuşi örniga u vibratsiya orqali bosim hissini taqdim etadi, bu esa iş jarayonini jim va qulay qiladi.

Qurilma içiga joylaştirilgan raqamli Numpad paneli 12 ta yoritilgan nuqta orqali raqam va belgilarni namoyon etadi. Şu bilan birga, siçqonça ergonomik şaklga, USB-C porti, 6000 DPI sezgirlik darajasi va bir oygaça avtonom işlaş imkoniyatiga ega. Şuningdek, u bir vaqtning özida uçta qurilmaga ulanişi mumkin (Bluetooth LE orqali).

Narxi — 280 dollar, sotuvlar 2026 yil sentabrda boşlanadi.
Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklardan birinçilardan bölib xabardor böliş uçun KUN.UZ Texnologiya nomli Telegram va techno.kun.uz Instagram sahifasini kuzatib boring.










