Özbekiston prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi farmoni bilan 2026 yil 1 yanvardan boşlab AQŞ fuqarolari uçun vizasiz tartib belgilandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Unga muvofiq, AQŞ fuqarolari Özbekiston hududiga kirgan kundan boşlab 30 kungaça vizasiz bölib turiş huquqiga ega böladi.
Farmonda yangi çoraning maqsadi ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarni, şuningdek, turizmni yanada rivojlantiriş uçun şaroit yaratiş ekani aytilgan.
Ma’lumot uçun, 2021 yildan buyon Özbekistonda AQŞ va boşqa davlatlarning 55 yoşga tölgan va 30 kungaça bölgan muddatga sayyohlik maqsadida kelayotgan fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy qilingan.
AQŞning barça fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etiş rejalari prezidentning joriy yilning may oyida imzolangan, mamlakatga sayyohlar oqimini keskin oşiriş töğrisidagi farmonida e’lon qilingandi.
Şu bilan birga, mazkur hujjatda Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga AQŞga boruvçi Özbekiston fuqarolari uçun viza talablarini yengillaştiriş böyiça muzokaralar olib boriş böyiça topşiriq berilgandi.












