Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF mudofaa vaziri yadroviy sinovlarga tayyorgarlikni boshlashni taklif etdi
Rossiya davlat OAV RF Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yozuvini e’lon qildi. Unda mamlakat mudofaa vaziri Putinga AQSh harakatlariga javoban Novaya Zemlya arxipelagida to‘laqonli yadroviy sinovlarga tayyorgarlikni boshlashni taklif etdi.
RF mudofaa vaziri Andrey Belousov Novaya Zemlya arxipelagida to‘laqonli yadroviy sinovlarga tayyorgarlikni boshlashni taklif etdi. “To‘laqonli yadroviy sinovlarga tayyorgarlikni darhol boshlash maqsadga muvofiq, deb hisoblayman”, — dedi u RF prezidenti Vladimir Putin doimiy a’zolar bilan o‘tkazgan Xavfsizlik kengashi majlisida.
Shu bilan birga, Belousovning ta’kidlashicha, AQSh oktyabr oyida Global Tender – 2025 mashqlarini o‘tkazib, RFga nisbatan preventiv yadroviy zarbani mashq qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, 2025 yilning oxirida AQSh 5500 km masofaga ega gipertovushli raketalar bilan jihozlangan Dark Eagle majmuasini qo‘shinlar ixtiyoriga qabul qiladi. Ularni Germaniyada joylashtirish rejalashtirilgan, u yerdan Markaziy Rossiyagacha uchish vaqti 6–7 daqiqani tashkil etadi, dedi vazir.
Belousovga ko‘ra, Vashingtonning harakatlari AQShning strategik hujumkor qurollarini faol ravishda ko‘paytirib borayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, AQShning yadroviy sinovlar bo‘yicha moratoriydan voz kechishi mumkinligi global strategik barqarorlik tizimini buzish sari qadam bo‘lishi ehtimoli bildirildi.
O‘z navbatida FSB direktori Aleksandr Bortnikov AQSh yadroviy sinovlari haqida gapirar ekan, o‘z idorasiga “Vashington rejalarini o‘rganish” uchun vaqt berishni so‘radi.
Natijada Vladimir Putin “qo‘shimcha ma’lumot to‘plash” va “yadroviy qurol sinovlariga tayyorgarlik ishlarini boshlash imkoniyati bo‘yicha kelishilgan takliflar kiritish”ni topshirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSh yadroviy sinovlar o‘tkazsa, Rossiya “adekvat javob choralari”ni ko‘rishi kerak bo‘ladi.
“Agenstvo” nashri Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yozuvini AQSh prezidenti Donald Tramp uchun “sahnalashtirilgan” spektakl, deb atadi. Nashrga ko‘ra, Tramp avval Rossiya prezidentining oldingi yadroviy ishoralarini yoqlamay qo‘ygan, keyin esa yadroviy sinovlarni qayta boshlash to‘g‘risida g‘alati ko‘rsatma bergan.
Oktyabr oyi oxirida Tramp boshqa mamlakatlar ham shunga o‘xshash sinovlar o‘tkazayotganini aytib, Pentagonga yadroviy qurol sinovlarini boshlashni buyurgani haqida ma’lum qilgan edi. “Rossiya sinovlar o‘tkazmoqda, Xitoy sinovlar o‘tkazmoqda, lekin bu haqda aytmaydi. Biz ham sinovlar o‘tkazamiz, chunki ular ham, boshqalar ham o‘tkazmoqda. Albatta, Shimoliy Koreya sinov o‘tkazadi. Pokiston ham sinov o‘tkazadi”, — degan edi u.
Trampning bu qadami Putinning yadroviy qurilmalarga ega “Burevesnik” raketaci va “Poseydon” suvosti apparati sinovlari haqidagi bayonotlariga javob bo‘ldi. Shundan so‘ng Oq uy rahbari Putinga “to‘rt yilga yaqin davom etayotgan urushni tugatish bilan shug‘ullansa bo‘lardi, raketa sinovlari bilan emas”, degan edi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:45 / 27.06.2026
Finlandiya yadroviy qurolga oid taqiqni bekor qildi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026