YuNeSKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida “Samarqand: 3000 yillik meros” mavzusida xalqaro konferensiya ötkazildi. Tadbir Samarqand şahrining uç ming yillik tarixini ilmiy jihatdan baholaş va uning insoniyat tamaddunidagi örnini keng yoritişga qaratildi.

Anjumanda Özbekiston va xorijiy ilmiy muassasalar vakillari, tarixçi va arxeolog olimlar iştirok etdi. Konferensiya oçiliş marosimida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Adiz Boboyev, Prezident administratsiyasi huzuridagi Kreativ iqtisodiyot va turizm masalalari departamenti direktori örinbosari Elmurod Najimov hamda YuNeSKOning Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elondu Assomo sözga çiqdi.

Konferensiyada Özbekiston hamda xorijlik olimlar Samarqandning boy tarixiy, ma’naviy va madaniy merosi haqida ma’ruza qilib, şaharning insoniyat sivilizatsiyasida tutgan örnini ilmiy jihatdan yoritdilar. Arxeologik va tarixiy tadqiqotlar natijalari taqdim etildi.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Afrosiyob, Köktepa va boşqa arxeologik obektlarda olib borilgan qazişmalar natijalari Samarqand hududidagi ilk aholi manzilgohlari miloddan avvalgi II ming yillikka borib taqalişini körsatmoqda.

«Bu topilmalar Samarqand va uning vohasida şahar sivilizatsiyasi uzluksiz rivojlanib kelganini anglatadi», - deya ta’kidladi olimlar.

Muhokamalar davomida xalqaro hamkorlik doirasida olib borilgan tadqiqotlar asosida Samarqandning tarixi uç ming yildan kam emas, degan ilmiy xulosaga kelindi.

Şu bilan, ilgari ta’kidlanib kelingan 2750 yillik baholaş endi qayta körib çiqilib, Samarqandning yoşi rasman 3000 yil deb belgilandi.