AQŞ Kongressining ikkala palatasi - Senat va Vakillar palatasi 1974 yildan beri amalda bölgan va migratsiya erkinligiga tösqinlik qiluvçi davlatlar bilan savdo aloqalarini çeklaydigan Jyekson-Venik tuzatişini bekor qiliş töğrisidagi qonun loyihasini kiritdi.

Sovuq uruş davrida qabul qilingan tuzatiş uzoq yillar davomida bir qator davlatlar, sobiq SSSR davlatlari, jumladan Özbekiston bilan savdoga siyosiy çeklovlar qöygan edi.

SSSR parçalanganidan söng, qonun avtomatik ravişda barça MDH mamlakatlariga taalluqli böldi. Keyinçalik, AQŞ ba’zi davlatlarni uning ta’siridan çiqardi: Rossiya, Ukraina, Qirğiziston, Armaniston, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya. Biroq, Markaziy Osiyoning aksariyat davlatlari - Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston - çeklovlar ostida qolmoqda.

Stiv Deyns (Respublikaçilar partiyasi) va Kris Myorfi (Demokratlar partiyasi) boşçiligidagi senatorlar guruhi tuzatişni uzil-kesil bekor qilişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini Senatga kiritdi.

Parallel ravişda hujjat Vakillar palatasida ham röyxatga olingan bölib, bu taşabbusning ikki partiyaviy qöllab-quvvatlanişini ta’kidlaydi.

Taşabbusning asosiy maqsadi AQŞ savdo qonunçiligini yangilaş va Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, tuzatişning bekor qilinişi quyidagilar uçun şaroit yaratadi:

- Markaziy Osiyo mamlakatlarining AQŞ bozoriga kirişini kengaytiriş;

- Amerika investitsiyalarini jalb etiş;

- mintaqaning Vaşington bilan strategik şerikligini mustahkamlaş.