Çempionlar Ligasi asosiy bosqiçida qatnaşuvçi jamoalar nomi ma’lum bölgaç, Özbekistondagi muxlislar ikki klubga nisbatan alohida e’tibor qaratdi – «Qayrat» va «Qoraboğ». Qardoşlarimizning Yevropaning eng nufuzli turnirida, eng kuçli jamoalarga qarşi öyini tabiiyki, özbek muxlislari uçun ham öziga xos voqea, zero ular orqali biz ham özimizni bilvosita katta futbol bilan soliştiriş imkoniyatiga ega bölamiz.

Birinçi turdayoq «Qoraboğ» safarda «Benfika» ustidan ğalaba qozonib, şov-şuv kötardi. Ikkinçi turda «Kopenhagen» ham mağlub etilgaç, dastlabki natijani tasodifga yöygan muxlislar ham jamoa imkoniyatlarini çamalab, keyingi raqiblarga qiziqa boşlaşdi. Keça esa «Qoraboğ» turnirda Ozarboyjonga taşrif buyuradigan eng nomdor raqibi «Çelsi»ga qarşi öyinda oçko olişga muvaffaq böldi (2:2).

Ayni damda «Qoraboğ» 7 oçkoga ega va uşbu bosqiçda yana 4 ta öyin ötkazadi. Öz maydonida «Ayaks» va «Ayntraxt», safarda «Napoli» va «Liverpul»ga qarşi öyinlarda taxminan 4-5 oçko olsa, jamoa tarixida ilk bor Çempionlar Ligasi pley-offga çiqişi mumkin.

Albatta, klub bu darajaga tasodif bilan kelmadi. Jamoa poydevori qariyb 17 yillik tarixga ega va asosiy arxitektor sifatida jamoa boş murabbiyi Gurban Gurbanovni aytiş lozim. Quyida u haqida batafsil töxtalib ötamiz.

Foto: Gualter Fatia/Getty Images

Gurban Usmonöğli Gurbanov 1972 yilning 13 aprelida tuğilgan. Uning futbolçi sifatidagi faoliyati ham yomon keçmagan. U «Neftçi», «Turon» va Ozarboyjonning yana bir qator klublari, şuningdek, Rossiyada «Fakel», «Baltika», «Dinamo» Stavropol hamda «Volgar Gazprom» klublarida töp surgan. 1992-2005 yillar oraliğida milliy jamoa safida 68 öyinda maydonga tuşib, 14 gol (2-örin) muallifi bölgan. Lekin uni jarohatlar köp qiynardi. 33 yoşida jiddiy şikastlanadi va Bokuning «Inter» jamoasi safida futbolçilik faoliyatini tugatadi.

U darhol klub boşqaruv tizimida iş boşlaydi va sport direktori etib tayinlandi. Ammo köp vaqt ötmay «Neftçi» uni boş murabbiy vazifasiga taklif qiladi.

«Jamoani murabbiy sifatida tayyorlaş futbol öynaşdan qiyinroq. Klub rahbariyatining işonçi menga yordam beradi, şuningdek, ajoyib jamoa şakllangan. Aminmanki, «Neftçi» uşbu mavsumda doimiy yuqori örinlardan pastlamaydi, maqsadimiz esa özgarmaydi – mamlakat çempionatini yutiş», – degandi ilk matbuot anjumanlaridan birida Gurban Gurbanov.

Ilk mavsumda «Neftçi» ikkinçi örinni oldi va UYeFA kubogiga yöllanmani qölga kiritdi. Ammo keyingi 2007/08 yillar mavsumi jamoa uçun yomon boşlanadi. 4 turdan keyinoq Gurbanov iste’fo beradi va uni murabbiylikdan sport direktorligiga ötkazişadi. Ammo bu safar ham uning ofisdagi işlari uzoqqa çözilmaydi. 2008 yilning avgustida «Qoraboğ» Gurbanovni öziga çorlaydi.