Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon Ozarboyjonga taşrif buyurib, Ilhom Aliyev bilan muzokaralar ötkazdi hamda Qoraboğni Ozarboyjonning ajralmas qismi deb atadi. Doim ham iliq bölmagan ikki davlat munosabatlarida buriliş yuz berişi mumkin. Pizişkiyonning ilk xorijiy taşriflarini Markaziy Osiyo va Kavkazga yönaltirişi — Tehronning mintaqaviy kuç muvozanatidagi örnini qayta belgilaşga uriniş bölişi mumkin. Bokudagi uçraşuvda Eron rahbariyati Isroil va Armaniston masalasidagi an’anaviy ritorikasidan ham tiyildi. “Geosiyosat” dasturida mavzu yuzasidan ozarboyjonlik siyosatşunos Samir Humbatov va professor Farhod Karimov fikr bildirdi.

Dastlab mavzuga sodda va umumiy nazar taşlasak, Pizişkiyon Bokuga nega bordi, tomonlar bir biriga nimalarni taklif qilişdi?

Farhod Karimov: Mas’ud Pizişkiyon Rossiyaga borganda ham aynan transport-logistika masalalarini muhokama qilgan edi.

Ozarboyjonga safar ham Eronning iqtisodiy zöriqişlarini yumşatiş va şu maqsadda Boku bilan ma’lum darajada kelişuvlarga erişiş edi.

Rasmiy Tehron uçun “Şimol janub transport yölagi” juda muhim. Ozarboyjon bilan aynan uşbu masalani hal qiliş kerak edi. Undan taşqari uzoq yillardan buyon arosatda qolayotgan “Reşt-Astara temiryöl” çiziğini oxirigaça yetkaziş masalasi bor, çunki bu temiryölak böğini aynan Ozarboyjon hududidan ötadi.

Eron hozirgi kunda özining geosiyosiy ambitsiyalarini çetga surib, asosiy iqtisodiy masalalarni hal qilişga kirişdi. Şunga ham oldingi heç qaysi bir Eron rahbarlari e’lon qilmagan gaplarini eşitdik. U ham bölsa, Qoraboğ masalasida doimiy ehtiyotkor bölgan Eron prezidenti matbuotga bergan intervyusida Ozarboyjon Qoraboğning huquqiy egasi ekanini tan oldi va bu borada öz pozitsiyasini bildirdi.

Ozarboyjonga qilingan taşrif Eron uçun asosan iqtisodiy hamkorlik va iqtisodiy masalani hal qilişga qaratilgan ekan, Tehron Bokuga nima qildi degan savol ham bor. Birinçi navbatda muammoli bölgan “Aras koridori” masalasini taklif qildi. Bilamizki, Ozarboyjon Nahiçivonga çiqadigan yölda örtada bir qator Eron orqali ötadigan nuqtalar bor edi.

Bundan taşqari bu muzokaralarda meditsina, farmatsevtika va öşa Eronni qiynayotgan taşqi siyosat va taşqi iqtisodiy aloqalar bilan boğliqligi bölgan masalalarni Ozarboyjon orqali hal qiliş va mintaqada geosiyosiy vaziyatning özgarganini, mintaqada Turkiyaning ta’siri oşişi sabab Ozarboyjon orqali muloqot masalasini ham qöydi. Asosiy maqsadi bugun geosiyosiy ambitsiyalar emas, faqatgina iqtisodiy hamkorlik sezildi.