Xabar avvalroq AQŞ rasmiylari tomonidan tasdiqlandi, şundan söng prezident Donald Tramp Truth Social’da Binyamin Netanyahu va Qosim-Jömart Töqayev bilan “yaxşi muloqot” bölganini va Qozoğiston uning “ikkinçi muddatida kelişuvlarga qöşiladigan ilk davlat” ekanini yozdi. Yaqin kunlarda rasmiy imzolaş marosimi kutilmoqda. 

Qozoğiston Isroil bilan oldindan mavjud diplomatik munosabatlarga ega bölgani bois, qöşiliş munosabatlarni institutsional mustahkamlaş vositasi sifatida körilmoqda. Rasmiylarga köra, hamkorlik sohalariga mudofaa, kiberxavfsizlik, energiya va oziq-ovqat texnologiyalari kiradi (bu yönalişlarda ikki tomonlama şartnomalar 1990-yillardan bor). 

E’lon Vaşingtonda ötgan Markaziy Osiyo yetakçilari sammiti oldidan yangradi. Sammit oldidan AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Qozoğiston prezidenti Töqayev bilan nonuşta qilib, savdo, investitsiya, energiya va infratuzilmada hamkorlikni muhokama qildi. 

Ibrohim kelişuvlari 2020 yilda BAA va Bahrayn bilan boşlanib, keyin unga Marokaş va Sudan qöşilgan. Qozoğistonning qöşilişi Ğazodagi uruş fonida Isroilning diplomatik yakkalanib qolganini yumşatişga xizmat qiladi, degan baholar bor.