Sönggi paytlarda dollarning sömga nisbatan kursi hammani hayron qoldiryapti. Töğri-da, özbekistonliklar umri bino bölib hali bunaqasini körmagan. Iyun oyi boşida 12 800 söm bölgan kurs, oradan 6 oy ötib, 12 ming sömdan pastga tuşdi. Bu – köpçilikni öylantirişi tabiiy, çunki mamlakatdagi aksariyat yirik oldi-sotdilar dollarda amalga oşiriladi.
Dollarda pul jamğariş qançalik foydali?
Özbekistonda uy yoki maşina kabi kattaroq qiymatdagi savdolarda hisob-kitoblar dollarda amalga oşirilişi heç kimga sir emas. Hatto telefon xarid qilmoqçi bölsangiz ham, qurilma Amerika valutasida narxlanadi. Şunga monand tarzda, aksariyat özbekistonliklar milliy valutada daromad topsa-da, ortiqça pulini tezda dollar qilişga va jamğarib borişga odatlangan. Bu usul qisman inflatsiyadan himoya qiladi, lekin daromad keltirmaydi.
Oxirgi yillardagi tendensiyaga qaraydigan bölsak, söm dollarga nisbatan 2021 yilda (10 476/10 837) 3,4 foizga, 2022 yilda (10 837/11 225) 3,6 foizga, 2023 yilda (11 225/12 338) 9,9 foizga, 2024 yilda esa (12 338/12 920) 4,7 foizga öz qiymatini yöqotgan. 2025 yil boşidan 7 noyabrgaça bölgan davrda milliy valuta dollarga nisbatan 7 foizga mustahkamlandi.
2021 yil boşidan beri söm AQŞ valutasiga nisbatan umumiy hisobda 14,6 foizga qadrsizlangan. Bu davrda Özbekistondagi inflatsiya darajasi 54 foizni taşkil etgan. Ya’ni 2021 yilning boşida 40 ming dollar pulni sandiqqa solib qöygan Toşmat ayni paytda öz jamğarmasining real qiymatlarda sezilarli qismini yöqotdi.
Boşqa bir misol keltiramiz. Toşmat 2021 yilda 40 ming dollarga 2 xonali kvartira xarid qildi va hozir köçmas mulkni 55 ming dollarga sotyapti. Bu yerda ham u real qiymatda 15 ming dollar foyda körmaydi. Jahon banki ma’lumotlariga köra, 2021 yilda Özbekistonda dollarning yillik örtaça kursi 10 609 söm bölgan. Bunda 40 ming dollar 424 mln 360 ming sömni taşkil etadi. 2021 yilning örtasidan 2025 yilning sentabr oyi yakunigaça töplangan inflatsiya darajasi 48 foizni taşkil etgan holda, 424 mln 360 ming sömga xarid qiliş mumkin bölgan mahsulotlarning qiymati 629 mln 448 ming sömga yetgan. Bu 52 ming 432 dollarga teng.














