Toshkent shahar MIB va uning hududiy bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari doirasida 63 ta ijro ishi bo‘yicha mulk egalari manfaati ta’minlandi. To‘lovlar qonuniy hujjatlar asosida amalga oshirilib, yetkazilgan moddiy zararni qoplashga yo‘naltirildi.
Joriy yilning o‘tgan davrida hududiy bo‘limlar ish yurituviga 2,8 trln so‘mlik talablarni o‘z ichiga olgan 130 mingdan ortiq ijro hujjati qabul qilingan. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 75 mingdan ortiq ijro hujjati tamomlandi va jami 538 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi.
Qo‘shimcha ravishda, fuqarolar foydasiga 247,7 mlrd so‘m miqdorida undiruv ta’minlangan: shundan 6,4 mlrd so‘mdan ziyod ish haqi qarzlari va 241,3 mlrd so‘m yetkazilgan zarar qoplangan.








