2016 yil 15 yanvar sanasi Qarşi şahrida yaşovçi Oston Töxtayevning xotirasida butun umr şuğullanib kelgan sevimli tadbirkorligidan ayrilgan kun sifatida muhrlanib qolgan.

Tadbirkorning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, 1995 yildan beri işlab kelayotgan, 40 kişini iş bilan ta'minlab turgan 7ta dökondan iborat 640 kvadrat metrli ikki qavatli savdo majmuasi 2016 yilda Qarşi şahar hokimligi tomonidan buzib taşlangan. 

Savdo majmuasi buzilişidan oldin

Barça tegişli hujjatlarga ega bölsa-da, bir söm kompensatsiya olmagan. Tadbirkor öşa yilning özida belgilangan tartibda sudga murojaat qilgan. 

«Öşa vaqtda majmuada 644 million sömlik mahsulotlar bor edi. Qarz sabab binomiz garovga qöyilgandi. Biz oilaviy tadbirkorlar bir kunda kasodga uçradik. Eskirgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda boşqa zararlarni qoplaş uçun barça mol-mulk va uy joyimizni sotişga majbur böldik. 2016 yil mikroinsultni boşimdan ötkazdim», — deydi Oston Töxtayev.

Tadbirkorning ma'lum qilişiça, köçmas mulk 1.020.711.200 (bir milliard yigirma million yetti yuz ön bir ming ikki yuz) sömga baholangan, şu va boşqa hujjatlar Qarşi şahar hokimligiga taqdim etilgan. Ammo bu murojaat e'tiborsiz qoldirilgan.

Mazkur iş bir neça marta sudda ham körib çiqilgan. Dastlab Qarşi şahar xöjalik sudi işni körib da'vogar O.Töxtayevga tegişli «Sanoat oziq-ovqat va quriliş materiallari ta'minoti» korxonasi foydasiga javobgar Qarşi şahar hokimligidan 1.020.711.200 söm zarar undiriş böyiça qaror çiqargan. 

Savdo majmuasi örnida qurilgan istirohat boği

Hokimlik arizasi bilan körilgan keyingi sud işida qöşimça javobgar – «Qaşqadaryo maxsus quriliş dizayn» şö'ba korxonasidan tadbirkorga 1.006.044.280 (bir milliard olti million qirq tört ming ikki yuz sakson) söm zarar undiriş belgilangan. Ammo mazkur qaror böyiça prokuror apellyatsiya tartibida protest keltirgaç, qöşimça javobgar javobgarlikdan ozod qilinib, zarar javobgar Qarşi şahar hokimligidan undiriş belgilangandi.  

Şu tarzda tadbirkor körgan zararni Qarşi şahar hokimligi tölab berişi sud qarori bilan hal etilgan bölişiga qaramasdan, tadbirkor bir neça yil davomida bir milliard sömdan ziyod mablağini ololmasdan kelmoqda.