Bu inson dunyoning eng maşhur insonlaridan biri. U odam öldirgan, köplab gunohlar qilgan, hirs va manmanlikka berilgan. Lekin aynan şu odamni insoniyat “vijdon muhandisi” deb ataydi. Bu – Lev Tolstoy. Uning “Iqrornoma”si esa insonning öz qalbi bilan suhbati. Bugun “5 daqiqa”da şu asarni muhokama qilamiz.
“Iqrornoma” – bir insonning öz vijdoni oldidagi e’tirofi, butun insoniyat uçun ma’naviy ogohlik. Tolstoy bu asarni ellik yoşidan keyin, eng navqiron paytida yozgan. Bu yoşda odam odatda ortga qarab faxr bilan “men nimalar qildim?” deydi. Tolstoy esa aksinça, “men nima qilmadim?” deb yozadi. U ötgan umriga qaraydi va undan ma’no izlaydi. Bu izlaniş uni jahonning eng çuqur falsafiy asarlaridan birini yaratişga yetaklaydi.
Asar syujyeti aslida yozuvçining öz hayoti bosqiçlariga qurilgan. Bolalikda u dindor muhitda ösadi, lekin ösmirlikka yetganda örgatilgan barça e’tiqodlarga şubha bilan qaray boşlaydi. Uni ilm, madaniyat va taraqqiyot qiziqtiradi. Uning atrofidagilar “ilmni biladigan”, “haqiqiy zamonaviy odam” deb ta’riflaydi, ammo Tolstoyning qalbida böşliq bor edi. U boy, şuhratli, maşhur, ammo içki xotirjamlik yöq edi.
“Men qilmagan gunoh qolmadi”
Tolstoy özining jinoyatlarini – odam öldirganini, mujiklarni qartada boy berganini, hirs va manmanlikka berilganini oçiq tan oladi. Bu iqror öquvçini hayratda qoldiradi: “Bu haqiqatan ham uluğ Tolstoymi?” deb öylaydi kişi. Ammo aynan şu samimiyat, özini şafqatsiz tanqid qiliş orqali Tolstoy insonni anglaşning oliy nuqtasiga çiqadi.
U öz hayotini senzurasiz tahlil qilib, “men qilmagan jinoyat qolmadi”, deydi. Ammo şunda anglaydi: haqiqiy yomonlik qilmişning özida emas, balki uni yomon deb bilib ham qilişdadir.
Mutolaa davomida özingizga oğriqli savollarni bera boşlaysiz: “Nima uçun yaşayapman?”, “Yaşaşning ma’nosi nimada?”, “Boylik, şon-şuhrat, ilm – bular nima uçun kerak?”. Bu savollar nafaqat XIX asr Tolstoyini, balki bugungi insonni ham qiynaydi.
Ruhiy böşliqdan yoruğlik sari yöl
Tolstoyning falsafiy yöli “dinsizlik”dan “ruhiy ehtiyoj”ga qarab boradi. U ateizm, ratsional fikr va ilmiy nazariyalarni sinovdan ötkazadi, ammo ularning heç biri unga yengillik bermaydi. U bir paytlar “insonning maqsadi – taraqqiy etiş” deb öylagan bölsa, keyin tuşunadi: taraqqiy deb atalgan illat ortida ham hirs va manmanlik yotadi. U şunday xulosaga keladi – hayotning haqiqiy ma’nosi faqat ruhiy poklanişda, ilohiy haqiqatni tan olişda va insonning öz vijdoni bilan murosaga kelişidadir.
Asarda yozuvçi özini heç qanday pardasiz körsatadi, şu bois “Iqrornoma” nafaqat falsafiy, balki psixologik asar sifatida ham ahamiyatli. Odatda yozuvçilar özini oqlaşga, ideal körsatişga urinadi. Tolstoy esa özini haqiqiy odam sifatida taniştiradi: kamçiligi, adolatsizligi, gumonlari bilan birga. Uning kuç-qudrati aynan şu çin insonlikda.
Xulosa
Inson özini anglamas ekan, hayot mazmunsiz. Tolstoyga köra, insonning vazifasi – ruhini tozalaş, vijdonini uyğotiş va özini Xudoga yaqinlaştiriş. Bu yöl oğriqli, lekin faqat şu yöl orqali inson çinakam xotirjamlikka yetadi.
Bugungi jamiyat uçun ham “Iqrornoma”ning ahamiyati beqiyos. Bu asar “texnik taraqqiyot” ortidan ma’naviy inqirozga uçrayotgan bugungi odam uçun ham ayni muddao. U insonga şunday deydi: “Sen qança bilim olma, qança boylik orttirma – agar qalbingda yoruğlik bölmasa, sen hali ham yöl boşidasan”.
Isomiddin Pölatov











