Filippinda yaqinlaşib kelayotgan "Fung-Vong" tayfuni sababli qariyb bir mln kişi xavfsiz joylarga köçişga majbur böldi, deb xabar berdi South China Morning Post.

Hukumat vakillarining ma’lumot berişiça, Luson orolining ayrim hududlarida jalalar yoğişi boşlangan. Ob-havoning yomonlaşişi oqibatida 400ta aviareys bekor qilingan, işxona va ta’lim muassasalari vaqtinçalik yopilgan.

Şamolning tezligi soatiga 230 km.ga yetgan. Bugun tunda tayfun Lusonning şarqiy sohilidagi Aurora provinsiyasiga yetib kelişi kutilmoqda.

Mamlakatning markaziy va janubi şarqiy qismlarida eng yuqori – beşinçi darajadagi xavf e’lon qilingan. 

Ayni paytda Filippinda avvalroq yuz bergan "Kalmaegi" tayfuni oqibatlari bartaraf etilmoqda. Tabiiy ofat mamlakatda 224 kişining umriga zomin böldi.