Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Vena konvensiyasiga qo‘shilish hujjatini AEXAga topshirdi
Venadagi AEXA bosh qarorgohida O‘zbekistonning «Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasiga qo‘shilishi haqidagi hujjat Atom energiyasi xalqaro agentligi bosh direktori Rafael Grossiga topshirildi. Uchrashuvda tomonlar Toshkentning yadroviy xavfsizlikka doir xalqaro majburiyatlarni tezkor qabul qilayotganini qayd etdi.
Foto: “Dunyo” AA
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, marosim AEXAning Venadagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Agentlik bosh direktori Rafael Grossi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan 2024 yildagi Toshkent uchrashuvida mamlakatning qator yadroviy konvensiyalarga qo‘shilishi masalalari muhokama qilinganini eslatdi.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston qisqa vaqt ichida yadroviy sohadagi to‘rtta asosiy xalqaro hujjatga qo‘shildi: «Yadroviy xavfsizlik», «Yadroviy avariya yoki radiatsiyaviy avariya holatida yordam ko‘rsatish», «Yadroviy falokat haqida barvaqt xabar berish» hamda «Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasi. Grossining so‘zlariga ko‘ra, bu qarorlar davlat rahbarining shaxsan e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, 2025 yil 26 sentabr kuni «O‘zbekistonning «Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963 yil 21 may) qo‘shilishi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan. Tegishli me’yoriy-huquqiy asoslar doirasida O‘zbekiston yadro energetikasini rivojlantirish, jumladan, atom elektr stansiyasi va kichik modulli reaktorlar bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surmoqda.
Uchrashuv yakunida Rafael Grossi O‘zbekiston bilan faol va samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Rasmiy hujjatlar kuchga kirish tartiblari konvensiya talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:40 / 26.11.2025
AEXA Zaporijjya AESga alohida maqom berishni talab qilmoqda
14:13 / 24.10.2025
Ukraina ZAESga elektr uzatish liniyalaridan birini tikladi
10:16 / 15.10.2025
«Navoiyuran» va AEXA global faoliyat bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
09:45 / 25.09.2025