Davlat rahbariga köra, sönggi beş yilda ixtisoslaştirilgan markazlarga 7,5 trln söm mablağ ajratildi, minglab zamonaviy uskunalar örnatildi. «Dori yetmayapti deb birorta markaz ayta oladimi?» deya savol qöygan prezident asosiy muammo — resurslardan samarali foydalaniş ekanini ta’kidladi.
«Mana şu mablağlar, uskunalar va dori-darmonlar qanday işlatilyapti? Afsuski, uskunalarning quvvatidan bor-yöği 25 foiz foydalanilmoqda», — dedi prezident.
Şu munosabat bilan:
- raqamlaştiriş, xalqaro hamkor topiş, klinik protokollarni yangilaş;
- ilğor diagnostika, profilaktika va davolaşni uddalaydigan zamonaviy jamoalarni şakllantiriş;
- natija körsatmagan markaz, tuman, viloyat boşqarmalarining faoliyatini keskin qayta körib çiqiş zarurligi ta’kidlandi.
Şuningdek, har bir mahalla va tuman kesimida qaysi kasalliklar köpaygan/kamaygani böyiça aniq tahlil ötkazib, profilaktika va davolaş rejalarini joriy etiş vazifasi qöyildi. Respublika markazlari esa bunday tahlil va yondaşuv bilan işni pastda taşkil etiş, katta mablağ evaziga berilgan eng zamonaviy uskunalardan töliq quvvatda foydalanişni ta’minlaşi şartligi körsatib ötildi.













