Yiğilişda tibbiy ta’lim va kadrlar sifatini oşiriş maqsadida uç bosqiçli baholaş tizimini joriy etiş belgilab olindi.
Bakalavr bosqiçida talabalarning fundamental va klinik fanlar böyiça bilimlari baholanadi.
Rezidenturani tugatgan vraçlar öz ixtisosi böyiça imtihon topşiradi.
Imtihondan söng mutaxassis davlat röyxatidan ötadi va unga tibbiy faoliyat yuritişga ruxsat beriladi.
Şuningdek, tibbiy xizmatning eng yaqin böğini — hamşiralar tayyorgarligini zamonaviy talablarga moslaştiriş zarurligi qayd etildi. Endilikda oddiy muolajani bajariş bilan çeklanmay, taşxis, davolaş va profilaktikada şifokorga kömaklaşa oladigan hamşiralarni tayyorlaşga ötiladi.
Bu maqsadda Hamşiralar akademiyasi Toşkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga ötkazilib, uning negizi asosida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi taşkil etiladi. Akademiya AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya oliygohlari bilan hamkorlikda kelasi öquv yilidan boşlab oliy ma’lumotli hamşiralar tayyorlaşni yölga qöyadi.
Kutilişiça, yangi tizim kadrlar sifatini oşiradi, bemorga xizmat körsatişning klinik samaradorligini va jamoat salomatligiga ta’sirini kuçaytiradi.













