Yiğilişda soğliqni saqlaş tizimi boşqaruvini zamonaviy standartlarga ötkaziş böyiça qator özgarişlar e’lon qilindi.
Yangi yildan boşlab barça şifoxona va poliklinikalarda «rahbar» (menejment, moliya, loyiha va resurslar boşqaruvi) hamda «boş şifokor» (klinik sifat, protokollar, qöllanmalar) lavozimlari alohida etiladi.
Rahbarlar menejerlik malakasiga ega, natijadorligi isbotlangan tadbirkorlar orasidan tanlanadi, boş şifokorlar esa klinik jarayonlar uçun javobgar böladi.
Aniq mezonlar va KPI joriy etiladi: xizmat sifati, bemor yöli (navbat, qabul tezligi), profilaktika qamrovi, uskunalardan foydalaniş yuklamasi, kadrlar malakasi va budjet samaradorligi.
26 ta respublika markazi, şu jumladan viloyat va tuman soğliqni saqlaş rahbarlari hamda oilaviy poliklinika mudirlari yangi tayinlov tartibi va baholaş tizimiga ötadi.
Tuman va viloyat boş şifokorlari respublika markazlari bilan töğridan töğri integratsiyada işlab, hududdagi kasalliklar turi va dinamikasidan kelib çiqib, markazlarga buyurtma şakllantiradi (davolaş, profilaktika, malaka oşiriş, skrining).
Maqsad — boşqaruvni professionallaştiriş, klinik sifatni oşiriş, profilaktika va birlamçi böğin samaradorligini kuçaytiriş hamda jamoatçilik oldida oçiq hisobdorlikni ta’minlaş.













