UZCARD kompaniyasi keng qamrovli “Omad mavsumi” aksiyasining birinchi mavsumi yakunlarini e’lon qildi: mavsumning uchinchi va yakuniy o‘yinlari UZCARD YouTube kanalida, aksiyaning rasmiy saytida va Instagram sahifasida jonli efirda o‘tkazildi.

Birinchi mavsum g‘oliblari aniqlandi — 10 mln so‘m miqdoridagi ikki dona pul sertifikati, Maldiv orollariga yo‘llanma hamda bosh sovrin — BYD Yuan UP elektromobili o‘z egalarini topdi.

Uchinchi va yakuniy bosqichlar yakunlariga ko‘ra sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha:
🔹ID-kod: 26141616075, karta raqami: 8600 06XX XXXX 0024 – 10 mln so‘m;

🔹 ID-kod: 25219100728, karta raqami: 5614 68XX XXXX 5979 – 10 mln so‘m;

🔹 ID-kod: 26384750306, karta raqami: 5614 68XX XXXX 6859 – Maldiv orollariga yo‘llanma;
🔹 ID-kod: 25690856540, karta raqami: 8600 12XX XXXX 2346 – BYD Yuan UP elektromobili.

Birinchi mavsum yakunlanishi bilanoq ikkinchi mavsumga start berildi — u 2025 yil 1 noyabrdan 2026 yil 31 yanvargacha davom etadi va uchta bosqich hamda final o‘yinini o‘z ichiga oladi. Yangi mavsumning mukofot jamg‘armasi yanada kattalashib, 1 milliard so‘mni tashkil etdi. Ishtirokchilarni har oylik yangi o‘yinlar va final kutmoqda, unda 50 mln va 200 mln so‘m nominaldagi pul sertifikatlari g‘oliblari aniqlanadi.

Ishtirok etish shartlari oddiy: UZCARD kartalaridan 50 000 so‘mdan boshlab istalgan onlayn to‘lov (xarid, o‘tkazma yoki xizmatlar uchun to‘lov) yutuq uchun imkoniyat beradi. Muntazam kommunal to‘lovlar (shuningdek, 50 000 so‘mdan boshlab) eng ko‘p imkoniyat beradi — ular uchun biryo‘la uchta imkoniyat beriladi.

Ikkinchi mavsumda imkoniyatlar hisoblash qoidalari:

• kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lov — 3 ta imkoniyat;

• UZCARD kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar (P2P) — 2 ta imkoniyat;

• tovar va xizmatlar uchun onlayn to‘lov hamda Tez QR orqali — 1 ta imkoniyat.