11 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi islomiy banklar faoliyatini joriy etişga doir qonun loyihasini ikkinçi va uçinçi öqişlarda qabul qilib, Senatga yubordi.

Deputatlar loyihaning quyidagi normalarini alohida e’tirof etdi:

  • litsenziyalaş talabi: islomiy bank faoliyati uçun alohida litsenziya oliş şartlari aniq belgilab qöyiladi;
  • standartlar va tuşunçalar: islomiy moliya operatsiyalari (murabhaa, ijara, muşoraka, mudoraba va boşqalar)ga oid huquqiy tuşunçalar oçib beriladi, islomiy moliya standartlari tatbiq etiladi;
  • faoliyat doirasi: banklarga mijozlarni moliyalaştiriş uçun savdo faoliyatini amalga oşiriş, yuridik şaxslar taşkil etiş, ularning ustav fondlarida uluş/aksiya sotib oliş huquqi beriladi;
  • soliq tartibi: islomiy moliya operatsiyalariga mos soliq mexanizmi joriy etiladi.

Uşbu qonun islomiy bank xizmatlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş, moliyaviy qamrovni kengaytiriş, yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş va xorijiy investitsiyalarni jalb qilişga xizmat qiladi.