Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sun’iy intellektli odamsimon robot IDOL taqdim etildi. Robot sahnada yiqilib, mashhur bo‘ldi
Moskva shahrida birinchi odamsimon sun’iy intellektli robot - IDOL namoyish etildi. Robot 70 foiz Rossiyada ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakat uchun yangi texnologik bosqich sifatida ko‘rilmoqda.
IDOL butunlay avtonom tarzda ishlaydi — u internetga ulanmasdan ham gaplasha oladi, harakat qiladi va narsalar bilan o‘zaro ta’sirga kirisha oladi. Uning yuzida 12 xil emotsiya va 100 dan ortiq mikro ifoda aks ettirilgan bo‘lib, bu uni yanada “tirik” ko‘rsatadi. Qo‘llari esa 14 darajali erkinlik bilan jihozlangan bo‘lib, bu unga predmetlarni tabiiy tarzda ushlash imkonini beradi.
Biroq taqdimot paytida kutilmagan holat yuz berdi — robot sahnaga chiqib, qo‘lini ko‘targan zahoti muvozanatini yo‘qotib yiqildi. Tomoshabinlar esa bu voqeani kulgi bilan qabul qilishdi.
Shunga qaramay, bu hodisa IDOL’ni yanada mashhur qildi — axir, “buyuklik hech qachon yiqilmaslikda emas, balki yiqilib yana turishda” deyishadi-ku.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.
Mavzuga oid
20:12 / 01.07.2026
AQSh hukumati xorijliklarning Anthropic SI modellaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
18:41 / 23.06.2026
G‘arb razvedkasi SI kiberhujumlarining yangi tahdidi haqida ogohlantirdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
17:04 / 22.06.2026