Elektromobillarda batareyalar odatda, kuzovning past qismiga örnatiladi. Bu esa ularni yöldagi toşlar, baland bordyurlar yoki zarbalardan şikastlaniş xavfiga duç qilişi mumkin. Şuningdek, ba’zi hollarda suv kirişi yoki qizib yonğin çiqişi holatlari ham qayd etilgan. Ammo BYD kompaniyasi özining yangi Blade Battery texnologiyasi bilan bu xavflarni deyarli yöqqa çiqarişga muvaffaq böldi.

 

Texnologiyaning xavfsizligi yaqinda Kelesda bölib ötgan amaliyotda sinovdan ötkazildi. Sinovda avvalo an’anaviy NCM turidagi batareya mix bilan teşildi. Natijada batareya darhol qizib, yonib, tutun çiqara boşladi.

Xuddi şu şaroitda BYD Blade Battery ham tekşirildi — natija butunlay boşqaça böldi. Batareya mix bilan teşilganiga qaramay, heç qanday olov, tutun yoki qizib ketiş holatlari kuzatilmadi. U faol holda işlaşda davom etdi.

Bu test batareya xavfsizligini baholaşdagi eng qat’iy sinovlardan biri hisoblanadi. U transport vositasi töqnaşganda yuz berişi mumkin bölgan portlaş yoki termal reaksiya holatini sun’iy ravişda yaratişga qaratilgan.

Nima uçun “BYD Blade Battery” boşqalardan farq qiladi?

BYD Blade Battery özining uzun va yupqa prizmatik elementlari bilan ajralib turadi. Bu akkumulyator “cell-to-pack” dizayni orqali an’anaviy modul tuzilmasini bekor qiladi, natijada avtomobil pastki qismida joydan yanada samarali foydalaniş imkonini beradi. Ma’lumot uçun “cell-to-pack” texnologiyasi — bu akkumulyator işlab çiqarişdagi yangi yondaşuv bölib, unda batareya elementlari (Cell ) bevosita akkumulyator bloki (Pack) içiga joylaştiriladi.

Eng muhimi — uning issiqlikka çidamliligi va portlaş xavfining pastligi. Bu nafaqat xavfsizlikni oşiradi, balki avtomobilning umumiy samaradorligi va xizmat muddatini ham uzaytiradi.

Tadqiqotçilar fikriça, BYD Blade Battery texnologiyasi elektromobillar bozorida xavfsizlik va işonçlilik böyiça yangi standart yaratdi. Şu sababli köplab işlab çiqaruvçilar endi aynan şunday tizimlarga ötişni boşlagan.

Qisqaça aytganda, BYD Blade Battery — yonmaydigan, uzoq xizmat qiladigan va barqaror işlaydigan batareya turi. U nafaqat innovatsiya, balki elektromobillar kelajagining yangi bosqiçi sifatida baholanmoqda.

BYD 22 noyabr kuni Çiğatoydagi markazida öz batareyalarining xavfsizligini amalda körsatadigan sinov namoyişini ötkazadi.