Prezident Şavkat Mirziyoyev AQŞ Yuta ştatining Iso Masih Oxirgi zamon avliyolari çerkovi oqsoqoli Devid Bednar va “Stirling” xalqaro xayriya fondi raisi Mayls Xansendan iborat biznes delegatsiyasini qabul qildi. Uçraşuvda Özbekistondagi AQŞ elçisi Jonatan Henik ham iştirok etdi.

Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlarining sur’ati ortib borayotgan şaroitda Yuta ştati bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Özbekiston va Yuta ştati örtasidagi faol muloqot va almaşinuvlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Raqamlaştiriş, ta’lim va ijtimoiy himoya sohalarida qöşma loyihalar boşlangan.

Innovatsiyalar, toğ-kon sanoati, xotin-qizlar tadbirkorligi, inklyuziv ta’lim, soğliqni saqlaş, suv ta’minoti va sanitariya sohalarida loyihalarni amalga oşiriş uçun katta salohiyat borligi ta’kidlandi.

Yakunda hududlararo aloqalarni rivojlantiriş maqsadida Yuta ştati gubernatori boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga taşrifini taşkil etiş yuzasidan kelişuvga erişildi.