Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev YuNeSKOning yangi bosh direktori bilan uchrashdi
12 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev YuNeSKO bosh direktori lavozimiga saylangan Holid al-Ananiyni qabul qildi. Suhbatda Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi yakunlari va YuNeSKO–O‘zbekiston hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuv avvalida davlat rahbari Holid al-Ananiyni yuksak lavozimga saylangani bilan tabriklab, unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Yangi saylangan bosh direktor o‘z navbatida prezidentga YuNeSKOning bosh tadbiri qo‘llab-quvvatlangani va yuksak saviyada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar O‘zbekiston va YuNeSKO o‘rtasidagi tizimli, sermahsul hamkorlik keng qamrovli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Tashkilotning mamlakatdagi loyihaviy faoliyatini kengaytirish, qo‘shma dastur va tashabbuslarni amaliy ijroga yo‘naltirish borasida sa’y-harakatlarni yanada faollashtirishga tayyorlik tasdiqlandi.

YuNeSKO Bosh konferensiyasining ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan strategik tashabbuslarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026
Toshkentda 5 ta nimstansiya quriladi va tarmoqlar modernizatsiya qilinadi
08:22 / 24.02.2026