Tailandda AQŞ talabi asosida AQŞ va Yevropa davlat muassasalari tizimlariga kiberhujumlarda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi qölga olindi. Tailand hokimiyat idoralari xabar berişiça, gap «35 yoşli jahon darajasidagi haker» haqida ketmoqda va uni AQŞga ekstraditsiya qilişga hozirlaşmoqda. Rossiyaning Pxuketdagi Boş konsuli Yegor Ivanov ma’lum qilişiça, Moskva tomoni uşlangan şaxsga konsullik kömagiga ruxsat olişga intilayapti.
Tailand kiberpolitsiyasi ma’lumotlariga köra, rossiyalik 6 noyabr kuni FTB agentlari bilan hamkorlikda ötkazilgan maxsus operatsiya çoğida Pxuket orolida qölga olingan. U 30 oktyabr kuni mamlakatga kirib kelgan va Talang tumanidagi mehmonxonada joylaşgan. Tintuv vaqtida undan noutbuklar, mobil telefonlar va kriptohamyonlar musodara qilingan. Rossiyalikka tegişli kriptohisoblarda 14 million batdan (taxminan 432 ming AQŞ dollari) ortiq mablağ muzlatib qöyilgan. Tergovga köra, bu mablağlar kiberfiribgarlik bilan boğliq bölişi mumkin.
Ayblanuvçining ismi rasman oçiqlanmagan. Biroq «Vot tak» naşri qayd etişiça, FTB bazasida kiberjinoyatlar uçun qidirilayotgan 35 yoşli faqat bir rossiyalik mavjud — bu Murmansk viloyatida tuğilgan, Rossiya Boş razvedka boşqarmasining (GRU) 26165-harbiy qismiga biriktirilgan katta leytenant Aleksey Lukaşev.
OAV ma’lumotlariga köra, 26165-harbiy qism huzurida Rossiya harbiy razvedkasi xizmatçisidan iborat Fancy Bears yoki APT28 deb ataluvçi hakerlik guruhi faoliyat yuritadi.
FTB hujjatlariga muvofiq, Lukaşev 2016 yildagi AQŞ prezidentlik sayloviga aralaşuv va Demokratik partiya serverlariga buzib kiriş işi böyiça ayblanuvçilardan biri hisoblanadi. Uning ismi uşbu işdagi 12 nafar ayblanuvçi orasida keltirilgan. Fancy Bear guruhi Hillari Klinton ştabi elektron poçtasi va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning yozişmalari buzib kirilişi yuzasidan olib borilgan tergovlarda ham tilga olingan.












