Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholisi eng kam bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra mamlakat doimiy aholisi 38 million 69 ming kishidan oshgan. Shu munosabat bilan aholisi soni eng kam bo‘lgan tuman va shaharlar bo‘yicha top-10 ro‘yxati taqdim etildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 069 116 kishini tashkil etgan.
Aholisi soni eng kam bo‘lgan tumanlar va shaharlar ro‘yxati quyidagicha:
- G‘ozg‘on shahri – 9 429 kishi;
- Tomdi tumani – 15 199 kishi;
- Shirin shahri – 19 421 kishi;
- Qorovulbozor tumani – 20 608 kishi;
- Bo‘zatov tumani – 21 810 kishi;
- Yangiobod tumani – 30 449 kishi;
- Mo‘ynoq tumani – 34 065 kishi;
- Konimex tumani – 36 922 kishi;
- Taxtako‘pir tumani – 38 871 kishi;
- Uchquduq tumani – 39 937 kishi.
Keltirilgan ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, aholisi eng kam hududlar asosan ekologik va tabiiy sharoiti qiyin bo‘lgan, hududi keng, lekin aholi zichligi past tuman va shaharlarga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
10:10 / 24.06.2026
Import hajmi qariyb 27 foizga oshdi
10:55 / 22.06.2026
O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni qariyb 5 millionga yetdi
09:30 / 22.06.2026