Xitoylik olimlar tomonidan ötkazilgan yangi tadqiqot yoş ötişi bilan fertillik pasayişining asosiy mexanizmini aniqladi va uni davolaş mumkinligini körsatdi.
Cell Repors Medicine jurnalida çop etilgan tadqiqot Nankay universiteti boşçiligidagi qöşma guruh tomonidan ötkazildi.
«Biz ribosomalarning disfunksiyasi tuxum hujayralari sifatining pastligi uçun ilgari e’tiborga olinmagan omil ekanini aniqladik. Bu nafaqat ootsit muammosi, balki uning atrofidagi kumulyus hujayralari ham şunga öxşaş özgarişlarga uçraydi va ular birgalikda tuxum hujayrasi va embrionning rivojlaniş qobiliyatiga ta’sir qiladi», dedi maqola muallifi Li Tsze.
Jamoa ribosomalar translatsiyasini ingibirlaşi bilan maşhur bölgan rapamitsin preparatini sinovdan ötkazdi. Tajribalar şuni körsatdiki, rapamitsin ribosomalar faolligini samarali pasaytiradi va oqsil muvozanatini tiklaydi, tuxum hujayralarining sifatini va tuxumdonlar muhitining holatini yaxşilaydi.
Klinik tadqiqotda ilgari yordamçi reproduktiv texnologiyalar paytida embrion rivojlanişining keçikişi kuzatilgan ayollar rapamitsin bilan qisqa muddatli davolangan. Bu aralaşuv ularga yuqori sifatli blastotsistalar olişga yordam berdi, bu esa muvaffaqiyatli homiladorlik va tirik tuğilişga olib keldi.
«Dastlabki natijalar umid baxş etadi va yoşga boğliq bepuştlikni tuşuniş va davolaş uçun yangi imkoniyatlar oçadi», dedi Şansi provinsiyasidagi bolalar şifoxonasidan U Syuetsin. «Biroq, samaradorlikni yanada tasdiqlaş va davolaş protokolini optimallaştiriş uçun kengroq klinik tadqiqotlar zarur».












