Yangi funksiya orqali foydalanuvçilar bir suhbatga 20 nafargaça odamni taklif qilişi mumkin. Guruh yaratiş jarayoni juda oddiy: çatning yuqori öng burçagidagi belgi orqali havola yuboriladi. Kimdir mavjud suhbatga qöşilganda, ChatGPT uni avtomatik ravişda yangi guruh sifatida köçiradi, asosiy çat esa maxfiy holatda qoladi. Guruhlarda qatnaşiş uçun foydalanuvçilardan qisqa profil — ism, yuzerneym va rasm — yaratiş talab etiladi.
ChatGPT guruhdagi muloqotni mustaqil ravişda kuzatadi va zarur paytda javob beradi. Agar iştirokçilar undan aniq javob istaşsa, xabarda “ChatGPT” deb murojaat qiliş kifoya. Yana bir qiziq jihat — u xabarlarga emodzi bilan javob bera oladi va iştirokçilarning profil rasmlaridan foydalanib, şaxsiylaştirilgan vizuallar yaratadi.

Yangi tizimning markazida GPT-5.1 Auto turibdi. U foydalanuvçining tarifiga qarab eng maqbul modelni tanlaydi. Qidiruv, rasm va fayl yuklaş, ovozli buyruqlar, tasvir yaratiş kabi funksiyalar töliq işlaydi. Çeklovlar faqat ChatGPT yozgan xabarlarga taalluqli.
Har bir guruh uçun alohida ohang yoki qoidalar örnatiş imkoni bor. Eng muhimi — guruhlar şaxsiy çatlardan butunlay mustaqil holda işlaydi, ChatGPT bu suhbatlardan yangi xotira töplamaydi.
OpenAI avvalo şu tört mintaqada fikr va tajribalarni töplab, keyinçalik funksiyani boşqa davlatlarga ham kengaytirişni rejalaştirgan.
Texnologiyalar tez özgarayotgan bugungi kunda eng sönggi yangiliklardan xabardor böliş muhim. Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklarni birinçilardan biliş uçun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.












