O‘zbekiston | 11:54 / 17.11.2025
3062
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov tor doirada muzokaralar o‘tkazdi

17 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov o‘rtasida tor doirada muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

17 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davlat tashrifi so‘nggi yillarda namunali tus olgan O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam ekani ta’kidlandi.

Tomonlar barcha sohalarda erishilayotgan ijobiy sur’at va faol aloqalarni mamnuniyat bilan qayd etdi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari, shuningdek, madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinayotgani aytildi. Tashrif arafasida Urganch hamda Toshkent shaharlarida o‘tkazilgan Turkmaniston madaniyati kunlari va filmlari namoyishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirgani alohida ta’kidlandi.

O‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi. Yuk tashish ko‘rsatkichlari ham ortib borayotgani, jumladan, Turkmanboshi portidan foydalanish faollashgani qayd etildi.

Muzokaralar davomida o‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, mashinasozlik, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida samarali kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlararo almashinuvlarni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Xususan, Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid