17 noyabr kuni Toşkent şahrida energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Afğonistonning DABS kompaniyasi boş direktori Abdul Bori Umar boşçiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uçraşuv ötkazdi. Unda, şuningdek, Özbekiston energetika kompaniyalari rahbariyati va mas’ullari ham iştirok etdi.

Uçraşuvda joriy yil sentabr oyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasidagi, şuningdek, kuni keça Toşkentda bölib ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi Maslahat uçraşuvidagi nutqlarida qöşni Afğoniston xalqi farovonligi va uning iqtisodiyotini rivojlantirişga doir taşabbuslar ikki davlat hamkorligini yanada mustahkamlaşga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Şu doirada Özbekiston va Afğoniston örtasida energetika sohasida yirik qöşma loyihalar amalga oşirilayotgani qayd etildi. Xususan, Afğoniston hududida qurilayotgan yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari va podstansiyalarining joriy holati, amalga oşirilayotgan işlar sur’atini yanada jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida 2026 yilda Afğoniston tomoniga elektr energiyasini yetkazib beriş böyiça tegişli şartnoma imzolandi. Tomonlar mazkur kelişuv ikki davlat energetika hamkorligini yanada rivojlantirişga xizmat qilişiga işonç bildirdi.

















