Rossiya armiyasi Pokrovskda ustunlikka erişyapti, ukrainlar esa şaharning muayyan qismlarida mudofaani davom ettiryapti. Ammo şahar uçun jang buriliş nuqtasiga yetgani aniq bölib ulgurgan. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar uruşning eng qaynoq frontidagi vaziyatni muhokama qilişdi.
— Jiddiy töqnaşuvlar davom etayotgan Pokrovskda vaziyat qanday?
Anvar Yöldoşev: Şu oy boşidan Pokrovskdagi Ukraina qurolli kuçlari şaharni deyarli tark etdi va asosan Dimitrovani himoya çiziği sifatida tanladi. Hozir Pokrovskning katta qismi Rossiya qöşinlari nazoratiga ötgan. Bu holatni nafaqat mahalliy aholining özi, balki Ukraina harbiy rahbariyatining bir qismi ham tan olyapti. Ötgan haftada aytganimdek, Pokrovsk amalda yöqotilgan – hozir şaharda tozalaş operatsiyasi olib borilmoqda. Pokrovskning ayrim hududlarida oz sonli 37- va 25-diviziyaning parçalanib qolgan qismlari qolgan. Asosiy kuçlar esa Dimitrovaga çekingan.
Şaharning özida katta harbiy guruhlar qolmagan — faqat alohida jangçilar yaşirin holatda bölişi mumkin, ularning bir qismi esa hozir taslim bölyapti. Asirga tuşayotgan askarlarning özlari ham şuni tasdiqlayapti: ularning ta’minoti uzilgan, oziq-ovqat ham, qurol-yaroğ ham, yordam ham yetib bormayapti. Ular rahbariyat tomonidan taşlab ketilganini aytmoqda. Xulosa qilib aytganda, Pokrovsk amalda Rossiya nazorati ostiga ötgan, janglar esa faqat kiçik nuqtalarda davom etmoqda.
Şuhrat Rasul: Pokrovsk atrofida juda ğalati vaziyat yuzaga kelgan. Eng qiziği şundaki, Rossiya ommaviy axborot vositalari hali rasmiy ravişda “Pokrovsk qölga olindi” deb e’lon qilgani yöq. Rossiya axborot manbalarini muntazam kuzatib boraman: internet naşrlaridan tortib, telekanallargaça. Hatto Solovyov va Skabeyeva kabi propagandaçilar ham hozirça Pokrovsk töliq egallangani haqida gapirmayapti. Şuningdek, Ukraina ham rasmiy ravişda “Pokrovsk yöqotildi” deb aytmagan. Rasman, janglar hali ham davom etmoqda.
Biz avval ham aytganimizdek, ayni yönalişda Rossiya askarlari soni taxminan ön baravar köp. Zelenskiy bir neça kun oldin şunday bayonot berdi: “Pokrovskni himoya qiliş yoki uni tark etiş masalasini harbiy rahbariyatning özi hal qiladi”. Şunga qaramay, general Sirskiy Pokrovskni topşiriş haqida oçiq gapirmayapti. Ehtimol ular dekabr boşiga möljallangan uçinçi mudofaa çiziğini mustahkamlaşni kutyapti va şundan söng rejalaştirilgan holda çekiniş ehtimoli bor.











