BMT Ğazoga doir AQŞ rezolyutsiyasini ma’qulladi. Bu hujjat Falastinga tinçlik olib keladimi?
|01:36 / 19.11.20253 31710 min
BMT Xavfsizlik Kengaşi Trampning tinçlik rejasini qöllab-quvvatlaş va Ğazoga xalqaro kuçlarni joylaştiriş uçun AQŞga «yaşil çiroq» yoqdi. Rossiya va Xitoy rezolyutsiyaga qarşi bölsa-da, hujjatga veto qöymadi. Lekin tinçlik rejasining eng murakkab qismi hali oldinda.
17 noyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengaşi Ğazoga doir AQŞ tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani qabul qildi. U prezident Donald Trampning uruşni tugatişga doir rejasini qöllab-quvvatlaş va Falastin anklavi uçun xalqaro barqarorlaştiriş kuçlariga ruxsat berişni nazarda tutadi.
Isroil va Hamas oktabr oyida Trampning Ğazo böyiça 20 banddan iborat rejasining birinçi bosqiçiga – ikki yillik uruşdagi sulh va garovdagilarni ozod qiliş kelişuviga — rozi bölgandi. BMT rezolyutsiyasi esa ötiş davri boşqaruv organini qonuniylaştiriş hamda Ğazoga qöşin yuborişni körib çiqayotgan davlatlarni işontiriş uçun muhim hisoblanadi.
Nega AQŞga BMT mandati kerak?
Tramp ma’muriyati BMT mandatini izlagani bejiz emas. Çunki Ğazoga barqarorlaştiriş kuçlari sifatida qöşin yuborişi mumkin bölgan davlatlar – Misr, Indoneziya, Turkiya, BAA – öz xalqlari tomonidan «okkupant» sifatida körilmasligini xohlaydi. Buning uçun esa BMT mandati zarur.
Rezolyutsiya, şuningdek, Jahon bankiga Ğazoni qayta tiklaş uçun moliyaviy resurslar ajratiş vakolatini beradi. Va şu maqsad uçun maxsus işonç jamğarmasi taşkil etişga çaqiradi.
Tahlilçilarga köra, ovoz beriş — Tramp ma’muriyati uçun muhim diplomatik ğalaba va BMTning ahamiyatini tan oliş böldi. Oxirgi ikki yil davomida Isroilni qat’iy qöllab-quvvatlagani uçun AQŞ BMTda köp jihatdan yakka qolgan edi.
Rezolyutsiya va uning noaniq tomonlari
Rezolyutsiya matnida a’zo davlatlar – Ğazodagi ötiş davri hokimiyati sifatida körilgan Tinçlik Kengaşida iştirok etişi mumkinligi aytiladi. Şuningdek, rezolyutsiya Ğazoda qurolsizlantiriş jarayonini: qurollarni utilizatsiya qiliş va harbiy infratuzilmani yöq qiliş orqali ta’minlaydigan Xalqaro barqarorlaştiriş kuçlariga ham ruxsat beradi.
Foto: Reuters
ISF mandatida Hamas kabi qurolli guruhlarni qurolsizlantiriş va tarqatib yuboriş vakolati berilgan. Biroq tinçlikparvarlar yuboradigan davlatlar Hamas bilan töqnaşişni istaydimi-yöqmi — bu ham noma’lum. Hozirgaça birorta davlat tinçlikparvar kuç jönatişga majburiyat olmagan. Ğazoga qöşin yuboruvçilar içida taxminan: Turkiya, Indoneziya, BAA va Ozarboyjon kabi davlatlar bor.
Mavzuga oid
Rezolyutsiya Tinçlik Kengaşiga heç bölmaganda 2027 yil oxirigaça Ğazoni nazorat qiliş vakolatini beradi. Kengaş Misr va Isroil bilan hamkorlikda falastinlik politsiya xodimlarini tayyorlaş va çegaraviy hududlarni nazorat qiliş ustida işlaydi.
Hujjatda yozilgan – Tramp raisligidagi «Tinçlik kengaşi»ning a’zolari noma’lum. Kengaş BMTga hisobot berişi kerak, lekin BMT xohişlariga yoki Falastin ma’muriyatiga böysunmaydi.
Hujjat, şuningdek, Ğazo sektorida kundalik boşqaruv va xizmat körsatişni amalga oşirişi kerak bölgan falastinlik texnokratlar qömitasini yaratişni ham talab qiladi, biroq uning tarkibi ham noaniq.
Sulhdan keyin Ğazo köçalaridagi Hamas askarlari / Foto: Reuters
Bundan taşqari, Ğazodagi asosiy hokimiyatga qaytayotgan Hamas BMT tasdiqlagan uşbu rezolyutsiyaning ayrim bandlariga rozi emas.
Xususan, Hamas qurolsizlanmasligini yana bir bor takrorlab, Isroilga qarşi kuraşini «legitim qarşilik» deb ta’rifladi. Reuters’ning yozişiça, bu pozitsiya guruhni xalqaro kuçlar bilan töqnaş keliş ehtimoli bilan yuzma-yuz qöyadi.
«Rezolyutsiya Ğazo sektoriga xalqaro vasiylik mexanizmini yuklaydi, buni xalqimiz va ularning fraksiyalari rad etadi», — deyiladi Hamas e’lon qilgan bayonotda.
Falastin davlatçiligi masalasi
The Guardian naşrining yozişiça, hujjatdagi mustaqil Falastin haqidagi qaydlar arab va islom dunyosining qöllab-quvvatlaşini oliş uçun AQŞ tölagan «narx» böldi.
Xususan, Falastin davlatçiligiga oid qaydlar AQŞning dastlabki loyihasiga kiritilgan murosali özgartiriş böldi, deyiş mumkin. Çunki dastlabki matnda bu haqida umuman söz bölmagan. Biroq yangi matn noaniq va şartli bölib, faqat Falastin ma’muriyati isloh qilinib, Ğazoni qayta quriş boşlangaç «Falastinning öz taqdirini özi belgilaşi va davlat tuziş uçun işonçli yöl» paydo bölişi mumkinligini aytadi.
Bu talqin – arab va islom davlatlari, Yevropa Kengaşi a’zolari talab qilgan Falastin davlatiga doir qat’iy majburiyat darajasiga yetmagan. Lekin ular ham hozirgi sulhni uzaytiriş va Ğazodagi 2,2 million falastinliklarni oziq-ovqat va himoya bilan ta’minlaş uçun murosaga tayyorliklarini bildirişdi.
Tomonlar va BMT a’zolari nima deydi?
Donald Tramp uşbu ovoz berişni ijtimoiy tarmoqlarda «haqiqiy tarixiy ahamiyatga ega lahza» sifatida nişonladi va yordam bergan davlatlarga, BMTga minnatdorçilik bildirdi. «Kengaş a’zolari va yana köplab qiziqarli e’lonlar kelgusi haftalarda e’lon qilinadi», — deb yozdi Tramp.
Ğarbiy Sohildagi Falastin ma’muriyati ham rezolyutsiyani olqişlab bayonot çiqardi va uni amalga oşirişda iştirok etişga tayyor ekanini bildirdi.
Jazoirning BMTdagi doimiy vakili Amar Bendjama
Arab bloki nomidan gapirgan Jazoir elçisi Amar Bendjama esa «matndagi muvozanat va yaxlitlikni ta’minlaş uçun zarur deb hisoblagan tuzatişlar kiritilganini” aytdi. U kelişuvni Falastin suvereniteti uruğlarini sepuvçi hujjat sifatida körayotganini bildirdi.
«Jazoir nihoyat uşbu matn uçun ovoz berişga qaror qildi. Çunki biz uning asosiy maqsadini — sulhni saqlaş, Falastin xalqining öz taqdirini özi belgilaşi va davlatçilik huquqlarini amalga oşirişga şaroit yaratişni qöllab-quvvatlaymiz», dedi u.
Bendjama rezolyutsiyaga ilova qilingan qöşimçaga e’tibor qaratdi. Unda aniq aytiladi: «anneksiya yöq, okkupatsiya yöq, majburiy köçiriş yöq».
Rossiya va Xitoy nega betaraf qoldi?
Rezolyutsiya BMT Xavfsizlik Kengaşining 5 nafar doimiy va 10 nafar vaqtinçalik a’zolari tomonidan 13–0 hisobida qabul qilindi. BMTda veto huquqiga ega doimiy a’zolar Xitoy va Rossiya betaraf qoldi.
New York Times'ning yozişiça, rezolyutsiya matni ötgan hafta bir neça bor qayta körib çiqildi va köplab kengaş a’zolari, jumladan yevropaliklar tomonidan tanqid qilindi. Ular Falastin davlatçiligi va Tinçlik Kengaşiga oid aniqroq formulalar talab qilişdi.
Ötgan hafta keçqurun bir payt Xitoy va Rossiyaning e’tirozlari AQŞ rezolyutsiyasini töliq barbod qilişga oz qolgandi. Rossiya Ğazo böyiça özining 10 bandli qarşi rezolyutsiyasini işlab çiqdi. Unda Falastin davlatini darhol tan oliş, bosib olingan Ğarbiy Sohil hamda Ğazoni Falastin Ma’muriyatiga birlaştiriş çaqiruvi bor edi.
Rossiyaning BMTdagi elçisi Vasiliy Nebenzya betaraflik uçun ovoz bermoqda / Foto: Reuters
AQŞ esa rezolyutsiyada juda kam murosaga bordi. Aksinça arab-musulmon davlatlarining yordamini safarbar qilib, Rossiya va Xitoyni Ğazodagi diplomatik yutuqqa qöşilişga majbur qildi.
Şundan söng, veto huquqiga ega bölgan Rossiya va Xitoy ovoz berişda betaraf böldi va rezolyutsiyaning qabul qilinişiga imkon berdi. Lekin Rossiya va Xitoyning BMTdagi elçilari, hujjat BMTga Ğazoning kelajagida aniq rol bermayotganidan şikoyat qilişdi.
«Aslida, Kengaş Vaşingtonning va’dalariga asoslanib, AQŞ taşabbusiga öz roziligini bermoqda. Şuningdek, Ğazo sektoriga töliq nazoratni Tinçlik Kengaşi va Xalqaro barqarorlaştiriş kuçi topşirmoqda. Biroq biz hozirça bu tuzilmalarning qanday işlaşi haqida heç narsa bilmaymiz», — dedi Rossiyaning BMTdagi elçisi Vasiliy Nebenzya.
Isroil Falastin davlatçiligiga qarşi
Rezolyutsiya matnida «Falastin ma’muriyati islohot dasturini amalga oşirgaç, Ğazoni qayta tiklaşda taraqqiyot bölgaç – Falastin öz taqdirini özi belgilaşi va davlat tuziş uçun işonçli yöl vujudga kelişi mumkin» deyiladi.
Dastlab, Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu Vaşington bilan muzokaralarda rezolyutsiya matnining ayni şu qismiga istamay rozi bölgan. Biroq hukumatidagi öta öng qanot bosimidan söng bu pozitsiyasidan ortga qaytgan. Şu sababli yakşanba kuni Netanyahu «har qanday hududda Falastin davlati tuzilişiga bölgan qarşiligimiz özgarmagan,» deya bayonot berdi.
BMTdagi AQŞ elçisi Maykl Uoltz (çapda) va BMTdagi Isroil elçisi Denni Danon Xavfsizlik Kengaşidagi ovoz berişdan oldin / Foto: New York Times
Bu esa Isroil BMT topşiriği asosidagi takliflarni amalga oşirişga yöl qöyadimi yoki yöqmi degan savollarni uyğotdi.
Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyalari xalqaro huquqning majburiy normalari hisoblanadi. Kengaş ularni ijro ettiradigan mexanizmga ega bölmasa-da, qoidabuzarlarga qarşi sanksiyalar kabi çoralarni qöllaşi mumkin.
Şu bilan birga, oldinda yeçimini kutayotgan boşqa köplab muammolar ham bor. Isroilning Ğazodagi zarbalari davom etmoqda, Ğarbiy sohilda esa köçmançilarning zöravonligi avj olgan. AQŞ Isroilga qançalik sözini ötkaza oladi, Netanyahu boşçiligidagi hukumat xalqaro kuçlarga hujum qilmaydimi? Bular ham noaniq.
Şu sababli xalqaro hamjamiyatdan ğazoliklarga qat’iyroq yordam kerak. Navbatdagi bosqiçlarda Tinçlik Kengaşi a’zolarini belgilaş va barqarorlaştiriş kuçlari kimning vakolati ostida işlaşini tezroq aniqlaştiriş lozim.