Özbekiston hukumatining ekologik talablarga rioya qilmaslikka istisno tariqasida ruxsat berişga oid barça huquqlari bekor qilindi. Bu – 19 noyabr kuni e’lon qilingan prezident qarorida belgilandi.
Qarorga asosan, ekologiya sohasidagi qonunçilik talablariga rioya qilişni istisno qiliş yoki rioya etmasdan ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni beriş, şu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi xulosasini beriş qat’iyan taqiqlandi.
Bu taqiq – Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarning daraxt va butalarni kesiş va köçirişni nazarda tutuvçi qarori, farmoyişi, bayonnomasi, yozma topşiriqlari va idoraviy hujjatlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ya’ni bundan buyon na hukumat, na vazirliklar, na Ekologiya qömitasining özi va na hokimliklar daraxt kesiş va köçiriş haqida heç qanday hujjat qabul qilişi mumkin emas.
2026 yil 1 martdan boşlab tabiatga zarar yetkaziş böyiça kompensatsiya tölovlaridan ozod qiliş tarzida imtiyoz beriş bilan boğliq barça qonunçilik hujjatlari va huquqiy kuçga ega körsatmalar öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi hamda uşbu masalada imtiyoz beriş faqat qonun orqali amalga oşiriladi.
Özbekistonda ekopolitsiya taşkil etilmoqda
Ekologiya vazirligi hukumat tarkibidan çiqarilib, mustaqil qömitaga aylantirildi













