Birlaşgan Arab Amirliklarning Al-Ayn şahrida 4 ta milliy jamoa iştirokida Al Ain Cup xalqaro turniri yakunlandi.

Özbekiston milliy jamoasi 18 noyabr kuni finalda Eron bilan öynadi.

Birinçi bölimda Fabio Kannavaro şogirdlarining biroz ustunligi sezilib turdi. Ammo Otabek Şukurov, Oston Örunov va Eldor Şomurodov qulay vaziyatlardan foydalana olmadi.

Ikkinçi bölim teng kuraşlar ostida ötdi. 72-daqiqada himoyaçi Abduqodir Husanov darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib borayotgan eronlik futbolçini töxtatib qolgani uçun maydondan çetlatildi. Şundan söng, eronliklar töliq taşabbusga ega böldi, ammo Özbekiston darvozasiga yöl topolmadi.

Penaltilar seriyasida Özbekiston milliy jamoasi 4:3 hisobida ğalaba qozondi.

17 noyabr kuni ötkazilgan uçinçi örin uçun bahsda Misr va Kabo-Verde töqnaş keldi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida misrliklar 2:0 hisobida ğalaba qozondi.

Al-Ain Cup 2025. Final
18 noyabr, Abu Dabi, «Raşid Al Maktum» stadioni
Özbekiston - Eron 0:0 (pen. 4:3)

Özbekiston: Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Farruh Sayfiyev (Rustam Aşurmatov 89), Otabek Şukurov (Akmal Mozgovoy 79), Odil Hamrobekov, Aziz Ğaniyev (Hojimat Erkinov 64), Oston Örunov (Jamşid Iskanderov 64), Şerzod Nasrullayev, Eldor Şomurodov, Abdulla Abdullayev, Husniddin Aliqulov

Boş murabbiy: Fabio Kannavaro

Eron: Alirizo Beyronvand, Solih Hardaniy, Majid Husayniy, Şojaiy Xalilzoda, Milod Muhammadiy, Said Izzatullohiy (Muhammad Qurboniy 10), Saman Quddus, Mahdiy Qoidiy, Mahdiy Torimiy, Amirhusayn Husaynzoda, Ali Alipur

Boş murabbiy: Amir Ğalinoiy

Ogohlantiriş: Farruh Sayfiyev (54)

Çetlatiş: Abduqodir Husanov (68)