Özbekiston hukumati qarori bilan “Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi qoşidagi Yengil sanoatni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Uşbu nizom Yengil sanoatni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş tartibini belgilaydi.

Nizomga köra, Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi tomonidan tadbirkorlarga quyidagi yönalişlar böyiça xarajatlarni qoplab beriş uçun moliyaviy yordam körsatiladi:

🔹 Xalqaro brendlarni jalb qiliş xarajatlari böyiça:

xalqaro brendlarni jalb qiliş, ularning egalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş, şu jumladan sorsing kompaniyalari xizmatlari uçun xarajatlar;
ekonom klass transport xarajatlari;
Özbekiston hududida mehmonxona xarajatlari;
tarjimonlik xizmati xarajatlari.

🔹 Mutaxassislarni öqitiş xarajatlari böyiça:

öquv-treninglarda qatnaşiş tölovi;
transport xarajatlari;
mehmonxona xarajatlari.

Moliyaviy yordam oliş uçun tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va zarur hujjatlar ariza qabul qilingan kundan boşlab 7 iş kuni davomida körib çiqiladi.

Agentlik qabul qilingan qaror töğrisida tadbirkorlarga 1 iş kuni mobaynida xabarnoma yuborişi lozim.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, uşbu tartib yengil sanoat korxonalarining xalqaro bozorda raqobatdoşligini oşiriş, yangi brendlar va texnologiyalarni jalb etiş hamda kadrlar salohiyatini kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.