Erkaklarda xurrak nega köproq?

Statistika böyiça xurrak otadigan erkaklar soni ayollarga qaraganda 2–3 barobar köproq. Sababi erkak organizmining anatomik tuzilişi. Erkaklarda böyin va tomoq qismidagi töqimalar kengroq va muşakli. Uyqu paytida uşbu hudud tezroq böşaşib, havo yölini qisqartiradi.

Şuningdek, erkak organizmidagi testosteron ham xurrakka sabab böladi. Çunki testosteron muşaklarni böşaştiruvçi gormon. Tunda tomoq muşaklari battar böşaşib, havo ötişi qiyinlaşadi — natijada xurrak paydo böladi. Yoki ortiqça vazn, semizlik ham xurrakka sabab böladi. Erkaklarda vazn asosan qorin va böyin atrofiga töplanadi. Bu esa nafas yölini qisqartiradi. Natijada xurrak paydo böladi.

Ayollarda xurrak qanday keçadi?

Ayollarda xurrak kamroq uçrasa-da, sabablari ança nozik. Köpinça bu holat ayol tanasining estrogen va progesteron gormonlari bilan boğliq. Bu gormonlar nafas yölini tonusda uşlab turadi. Şuning uçun yoş ayollarda xurrak kam uçraydi.

Ayollarda menopauza davrida xurrak otiş ehtimoli oşadi. Gormonlar kamayişi bilan ayollarda xurrak ajablanarli darajada köpayadi — ba’zan erkaklar bilan deyarli bir xil darajaga yetadi. Xuddi erkaklar kabi ayollarda ham ortiqça vazn xurrakka sabab bölişi mumkin. Çunki ayollar vazn yiğganda havo yölini yopib qöyadigan töqima tezroq hosil böladi.

Bular erkaklar va ayollarning xurrak otiş masalasidagi ayrim sabablar. Ammo ikki jinsda ham yuz beradigan bir xil sabablar bor. Masalan:

  • Bel bilan yotiş
  • Burun bitişi, allergiya
  • Çarçoq, stress
  • Alkogol
  • Uyqu gigiyenasining buzilişi kabi.

Xurrakni kamaytiriş uçun layfxaklar

 

1. Yotiş pozitsiyasini özgartiriş kerak. Osmonga qarab yotiş — eng katta xato, yonboş bilan yotişni odat qiling.

2. Yostiq balandligini töğri tanlaş. Juda baland yostiq — havo yölini qisqartiradi, juda pasti — muşaklarning böşaşişiga olib keladi.

3. Uyqu oldidan ovqat va çoy-kofe içmang. Taxminiy vaqt: