19 noyabr kuni Isroilning Ğazo böylab uyuştirgan hujumlari kamida 28 falastinlikning ölimiga sabab böldi. Bu Isroil va Hamas örtasidagi sulh kuçga kirganidan beri zöravonlikning navbatdagi kuçayişidir, deb yozmoqda CNN.

Ğazodagi soğliqni saqlaş rasmiylariga köra, çorşanba kungi hujumlarda halok bölganlar orasida töqqiz nafar bola ham bor. Kamida yana 77 kişi jarohatlangan.

Ğazodagi Al-Ahli Baptist kasalxonasi majmuasida olingan lavhalarda hujumlardan jarohatlanganlarni olib kelayotgan tez yordam maşinalari körinadi. Kasalxona içidagi öliklar solingan qoplardan birida esa çang bosgan holda yotgan uç nafar bolalarning jasadi bor.

Foto: Getty Images

Ğazo Favqulodda xizmatlariga köra, çorşanba kuni eng köp qurbon bölgan hujum Zaytun mahallasida sodir bölgan: u yerda jami 10 kişi öldirilgan.

Tomonlar bir-birini ayblamoqda

Isroil tomoni Xon Yunusda faoliyat yuritayotgan IDF askarlariga «bir neçta» öq uzilganidan söng Hamas nişonlariga hujumlar uyuştirilganini aytdi. Biroq unda Isroil kuçlaridan heç biri jarohatlanmagan. IDFning bildirişiça, «bu harakat sulh kelişuvi buzilişi hisoblanadi»,

Hamas bu hujumlarni «xavfli eskalatsiya» deb qoraladi va Isroilning bayonotini rad etdi. Hamasga köra, Isroil «davom etayotgan jinoyatlarni oqlaşga» urinmoqda. Hamas, şuningdek AQŞni Isroilga «sulhga rioya qiliş va tajovuzni töxtatişga» majbur qiliş uçun zudlik bilan, jiddiy bosim ötkazişga çaqirdi.

Hujumlar BMT Xavfsizlik Kengaşi Ğazo böyiça AQŞ rezolyutsiyasini ma’qullaganidan atigi bir neça kun ötib sodir böldi.

Foto: Reuters

Bundan taşqari, keça Isroil janubiy Livanda Hizbullohga tegişli deb aytilgan qurol omborlariga ham aviazarbalar bergan. Ikki kun oldin Livandagi falastinlik qoçqinlar lageriga bergan zarbasi natijasida esa 13 kişi