Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşdi. Bu Oq uyda Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon şarafiga uyuştirilgan ziyofatda röy berdi.
«Öğlim endi otasini köproq hurmat qiladi»
Marosimga Amerika elitasi vakillari ham taklif etilgandid. Nufuzli mehmonlar orasida davlat kotibi Marko Rubio va vitse-prezident Jyey Di Vens, savdo vaziri Hovard Lyutnik, FIFA prezidenti Janni Infantino, Apple direktori Tim Kuk, Tesla asosçisi Ilon Mask, Amazon asosçisi Jyeff Bezos hamda yirik investor Devid Saks kabilar bor edi. Ulardan sönggisi portugaliyalik futbolçi tomonidan olingan selfini ijtimoiy tarmoqda tarqatgan.
Tramp minbarda turib, Ronalduga taklifni qabul qilgani uçun minnatdorçilik bildirgan va öz öğli, 19 yoşli Berron futbolçining muxlisi ekanini aytgan. «Bu yerda juda köp yetakçilar töplandi – yulduzlar, sportçilar... Mening öğlim – Ronalduning katta fanati. Ronaldu esa şu yerda (qarsaklar). Berron u bilan tanişişga muşarraf böldi va men öylaymanki, u endi öz otasini köproq hurmat qiladi – şunçaki men ularni bir-biri bilan taniştirib qöyganim uçun», – dedi Tramp öz çiqişida.

U Ronalduni barça davrlarning eng buyuk futbolçisi (G.O.A.T.) deb atagan.
Ronaldu bu uçraşuv yuzasidan munosabat bildirmadi, ammo oldinroq Pirs Morganga bergan intervyusida Tramp bilan muloqot qilişni istaşini aytgandi. Futbolçi uni dunyoni özgartirişga qodir şaxs deb atab, u bilan öxşaşliklari borligini tan olgandi. Şu bilan birga, Kriştianu amerikalik prezidentdan maşhurroq ekanini qayd etgandi: «Öylaymanki, butun dunyoda, hatto kiçik orollarda ham meni köproq tanişadi».
Iyun oyida portugaliyalik hujumçi Trampga Portugaliya milliy jamoasining «Tinçlik uçun öynaymiz» yozuvi hamda öz imzosi tuşirilgan futbolkasini yuborgandi.

AQŞ Kanada va Meksika bilan birgalikda 2026 yil yozida bölib ötadigan futbol böyiça jahon çempionati mezbonlaridan biri sanaladi. Şu kunlarda Portugaliya ham uşbu turnirga yöllanma oldi. 40 yoşli Ronaldu uçun bu faoliyatidagi sönggi mundial bölib qoladi.
Taşrif haqida
Amerika matbuoti e’tibor qaratişiça, bu Ronaldu AQŞga 2017 yildan buyon ilk bor kelişidir. U model Ketrin Mayorgining zöravonlik böyiça ayblovi tufayli ançadan buyon uşbu mamlakatga safar qilişdan tiyilib keladi. Uşbu ayol bu hodisa 2009 yilda Las-Vegasda röy berganini iddao qiladi, ammo futbolçining özi bunga iqror bölmagan.
Portugaliya milliy jamoasi boş murabbiyi Roberto Martines uçraşuvga ijobiy munosabat bildirdi: «Kriştianu – şunçaki futbolçi emas. U maydon taşqarisida ham köp masalalarda yordam berişi mumkin. Bu barça portugallar uçun quvonçli kun – ular Oq uyda mamlakat elçisini körişmoqda».
Diplomatik mojaro va futbol

Şu bilan birga, keçki ovqatning asosiy mehmoni Ronaldu emas, balki şayx Salmon edi. Bu Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasining 2018 yilda jurnalist Jamol Qoşiqçi öldirilişi bilan boğliq yirik diplomatik mojarodan beri ilk bor AQŞga taşrifi böldi.
Salmonning tanqidçisi sifatida tanilgan Qoşiqçi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elçixonasiga kirganidan keyin yöqolgan, u öşa yerda öldirilgani gumon qilinadi. Amerika razvedkasi ma’lumotiga köra, valiahd şahzoda bu operatsiyaga rozilik bergan, lekin uning özi bu ayblovni rad etadi.
Hozirga kelib AQŞ va Saudiya Arabistoni örtasidagi keskinlik yöqolgan – Oq uydagi muzokaralar çoğida jurnalistlardan biri Qoşiqçi haqida savol berganida, Tramp Salmonning tarafini olib çiqdi: «Siz gapirayotgan öşa kişini juda köpçilik yoqtirmagan. Uni yoqtirgan bölsangiz ham, yoqtirmagan bölsangiz ham — voqealar sodir böladi, lekin u (valiahd şahzoda) bu voqeada heç narsani bilmagan va biz şu bilan yakunlaymiz. Siz esa mehmonlarimizni noqulay ahvolga solmang». Şahzodaning özi öşa fojiani xatolik deb atagan va bunday holat boşqa takrorlanmasligi uçun barça çoralar körilganini aytgan.
Uçraşuv yakunlari
Saudiya delegatsiyasining taşrifi muvaffaqiyatli böldi: tomonlar mudofaa şartnomasini imzoladi va Amerika iqtisodiyotiga trillion dollar sarmoya kiritişga kelişib oldi.
Şayx Salmon futbolga faol sarmoya kiritişi bilan tanilgan. U nazorat qiladigan Saudiya Arabistoni suveren jamğarmasi Pro liga klublariga, jumladan, Ronaldu öynaydigan «An-Nasr» klubiga homiylik qiladi va 2023 yilda Angliyaning «Nyukasl» klubini sotib olgan. Şahzodaning sa’y-harakatlari Saudiya Arabistoniga 2034 yilda bölib ötadigan jahon çempionatiga mezbonlik qiliş huquqini qölga kiritişga yordam berdi. Ronaldu bu taklifni faol qöllab-quvvatlagan, bu esa futbolçi va valiahd şahzodaning mustahkam ittifoqidan dalolat beradi.












