Toşkentda narkotik moddalar savdosi bilan şuğullanib kelgan ayol va uning ikki öğli qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Toşkent şahar IIBB hamda Bojxona boşqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Tojikistondan giyohvand moddalarni kontrabanda qilib, Toşkent şahrida sotiş bilan şuğullanib kelgan oila a’zolari uşlangan.
Xususan, Toşkent viloyatida “Ohangaron – Piskent” yönalişida harakatlanayotgan, oldindan kuzatuvga olingan Equinox maşinasi tekşiriş maqsadida töxtatilgan. Natijada, maşinada bölgan Toşkent şahrida yaşovçi 49 yoşli ayol va uning 26 yoşli öğli tojikistonlik tanişlari tomonidan kontrabanda yöli bilan Toşkent viloyati hududiga ötkazilib, xufiya joyda qoldirilgan giyohvand vositasini olişga ketayotgani ma’lum bölgan.
Ularning uyali aloqa vositalari tekşirilganida, tojikistonlik şaxs tomonidan Telegram orqali narkotik moddaning geolokatsiyasi va fotosuratlari yuborilgani aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan: Piskent tumani hududidagi yöl çetiga yaşirib ketilgan 4 kg 985 gr gaşiş moddasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şuningdek, ularning Olmazor tumanidagi yaşaş xonadonidan 1 kg 124 gr opiy va 1 kg 976 gr gaşiş moddalari topilgan. Bundan taşqari, ayolning 1996 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan öğli ham protsessual tartibda uşlangan.
Ayol va ikki öğliga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Sirdaryoda er-xotin taşkil qilgan narkolaboratoriya foş etilgandi.












