Jizzax viloyatida bir oyda ikki nafar yöl-patrul xizmati xodimi jinoyat ustida uşlandi. Buni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.
Ma’lum qilinişiça, 1993 yilda tuğilgan Ş.U. Jizzax viloyati IIB YHXB birinçi safarbarlik katta inspektori lavozimida işlab kelgan. U spirtli içimlik iste’mol qilgan haydovçidan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirmaslik uçun 1 500 dollar talab qilgan.
Ş.U. 2025 yil 19 oktyabr kuni haydovçining jami 18 mln söm pul mablağini qölga kiritgan. 18 noyabr kuni uşbu mablağning 500 dollarini Jizzax şahrida haydovçining akasiga qaytarib berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda qölga olingan.
2025 yil 18 oktyabr kuni viloyatning Baxmal tumanida yöl-patrul xizmati xodimi mayor A.Q. ham tezkor tadbirda 1 mln söm bilan uşlangan.
Hozirça har ikki holat böyiça rasmiy axborot berilmadi.
Avvalroq Sirdaryo viloyati Xovos tumanida IIBning ikki tezkor xodimi pora olayotganda uşlangandi.













