23 noyabr kuni Jizzax şahrida uç kişi ölimiga sabab bölgan yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Içki işlar vazirligi YHXX ma’lumotiga köra, fojia soat 08:10 larda Jizzax şahri «Amir Temur» mahalla fuqarolar yiğini hududidan ötgan D-050 «Jizzax–Ğallaorol» avtomobil yölida röy bergan.
Ma’lum qilinişiça, «Matiz» rusumli avtomobil özi bilan bir yönalişda ketayotgan boşqa bir avtomobilni quvib ötiş maqsadida qarama-qarşi yönalişga çiqqan, lekin röparadan kelayotgan «Zil-130» rusumli yuk maşinasi bilan töqnaşgan.
Hodisa oqibatida «Matiz» haydovçisi hamda ikki yölovçisi olingan oğir tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bölgan.
Tezkor tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hodisa sodir bölgan yölning umumiy kengligi 7,6 metr bölib, davlat ahamiyatidagi avtomobil yöli hisoblanadi. Unda oxirgi marta 2024 yil qayta ta’mirlaş işlari olib borilgan.












