Ukraina mojaroni hal qilişga qaratilgan sa’y-harakatlari uçun AQŞga heç qanday minnatdorlik bildirmadi, dedi AQŞ prezidenti Donald Tramp.

«Ukraina «rahbariyati» sa’y-harakatlarimiz uçun nol minnatdorlik bildirdi va Yevropa Rossiyadan neft sotib olişda davom etmoqda. AQŞ Ukrainaga tarqatiş uçun NATOga katta miqdorda qurol sotişda davom etmoqda», deb yozdi Tramp öziga tegişli Truth ijtimoiy tarmoğida.

Amerika rahbariyati Ukrainani noşukrlikda birinçi marta ayblayotgani yöq. Fevral oyi oxirida Oq uyda bölib ötgan AQŞ-Ukraina muzokaralari çoğida Zelenskiy va Tramp örtasida janjal kelib çiqqan edi. Zelenskiy AQŞ bilan foydali qazilmalar böyiça kelişuvlar Ukraina xavfsizligini ta’minlaş uçun yetarli emasligini va unga kafolatlar kerakligini aytganidan keyin suhbat baland ovozdagi tortişuvga aylandi.

Tramp Zelenskiyni hurmatsizlikda, AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens esa noşukrlikda aybladi. Ukraina prezidenti bunga javoban, körsatilgan yordam uçun AQŞga köp marta minnatdorlik bildirganini eslatib, Vens uning mamlakatida heç qaçon bölmaganini ta’kidladi. Janjaldan söng Ukraina delegatsiyasi Oq uyni muddatidan oldin tark etdi.