Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp va Si qönğiroqlaşdi
24 noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Jinping bilan telefonlaşdi. Tramp Pekin bilan munosabatlarni «juda mustahkam» deb ta’rifladi, Si esa Tayvanning «Xitoyga qaytişi» haqida gapirgan.
Oldindan e’lon qilinmagan bu qönğiroq — ikki yetakçi Janubiy Koreyada uçraşganidan bir neça haftadan söng bölib ötdi. Öşa uçraşuvda ular hali yakunlanmagan savdo bitimi böyiça kelişuvga erişgandi.
«Xitoy va Qöşma Ştatlar — Ikkinçi jahon uruşi natijalarini himoya qiliş uçun birga işlaşi lozim», degan Si. U yana «Tayvanning Xitoyga qaytişi – uruşdan keyingi xalqaro tartibning ajralmas qismidir», deya qöşimça qildi.
Xitoy Tayvanni öz hududi deb biladi va orol ustidan nazoratni kuç bilan qölga olişni istisno qilmaydi. Orol hukumati esa Pekinning bu da’vosini rad etadi va kelajagini faqat Tayvan xalqi belgilaşi mumkinligini aytadi.
Tramp esa Si bilan bölgan «juda yaxşi» suhbat haqida yozib, Tayvanni umuman tilga olmadi. Unga köra, suhbat Ukraina, fentanil va AQŞ qişloq xöjaligi mahsulotlari kabi «köplab mavzularni» qamrab olgan.
Tramp Donald suhbatdan söng aprel oyida Pekinga borişga rozilik berganini bildirdi. Şuningdek, u Sini AQŞga taklif etgan.
Xitoyning rasmiy xabarnomasida Tayvan alohida urğu bilan tilga olingan. Çunki ayni vaqtda AQŞ ittifoqçisi Yaponiya Xitoy bilan sönggi yillardagi eng keskin diplomatik inqirozga yuz tutgan. Şu oyda Yaponiya boş vaziri — Tayvanga qarşi ehtimoliy Xitoy hujumi Yaponiyaning harbiy javobiga sabab bölişi mumkinligini aytgandi.
Bu voqealar fonida, bir neça hafta içida AQŞ Tayvanga 330 million dollarlik qurol savdosini ma’qulladi.
Tramp Yaponiyaning Xitoy bilan avj olgan diplomatik tortişuvida bevosita iştirok etmagan. Biroq AQŞning Yaponiyadagi elçisi — AQŞ Tokioni Xitoyning «bosimi»ga qarşi qöllab-quvvatlaşini aytgan.
Ğazodagi «mudhiş» humanitar vaziyat











